So’nggi yangiliklar

13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0

26 okt 16:18
Yangiliklar

SHaxmat, Qiziqarli!

150 ming dollar sari yurish: bu yo'lda Nodirbekka yana Magnus Karlsen to'qnash kelishi mumkin

SHu kunlarda Islandiyaning Reykyavik shahrida shaxmat bo'yicha "FIDE World Fischer Random Chess Championship 2022" jahon chempionati o'tkazilmoqda.

Ushbu musobaqada hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etayotganligi haqida avvalroq Olamsport.com sayti xabar bergandi. 

30 oktyabrga qadar davom etadigan musobaqada hamyurtimiz hozircha ikkita g'alaba qayd etdi va yarim final yo'llanmasi sari imkoniyatlarni yaxshilab oldi.  

CHempionat tafsilotlariga oid malumotlar bilan o'rtoqlashmoqchimiz. 

Musobaqada 8 nafar shaxmatchi ikkita guruhga bo'lingan holda kurash olib bormoqda. 

Guruhlarda esa sportchilar quyidagicha bo'lingan: 

A guruhi: 

Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston) 

Uesli So (AQSH)

Yan Nepomnyashiy (Rossiya)

Xyyorvar Steyn Gretarsson (Islandiya)


B guruhi: 

Xikaru Nakamura (AQSH)

Magnus Karlsen (Norvegiya)

Vladimir Fedoseev (Rossiya)

Mattias Blubaum (Germaniya)

Nodirbek musobaqaga saralash bosqichi g'olibi sifatida etib kelgan. U saralashda Vetnam, Norvegiya va Ozarbayjon vakili, finalida niderlandiyalik Anish Girini mag'lubiyatga uchratganini qo'shimcha qilishimiz lozim.

SHaxmatchilar bitta tur doirasida ikkitadan o'yin o'tkazishadi. Hozircha musobaqada ikkita tur ortda qoldi. Dastlabki turda Abdusattorov Yan Nepomnyashiyni ikki marotaba mag'lub etdi. Ikkinchi turda esa Uesli So bilan bitta durang va bitta g'alabaga erishib, guruhda peshqadamga aylanib oldi. Uchinchi va to'rtinchi turda (bugun) Abdusattorov mezbon Xyyorvar Steyn Gretarssonga qarshi ikkita o'yin o'tkazadi. So'ngra shaxmatchilar ertaga yana bittadan o'yinda dona suradilar (umumiy hisobda 6 ta tur).

Guruhda dastlabki ikki o'rinni egallagan shaxmatchilar yarim finalga yo'l olishadi. 

Hozirda Abdusattorov A guruhida birinchi o'rinni egallab turibdi. B guruhida ikkinchi pog'onani barchaga malum va mashhur Magnus Karlsen band etgan. Agar vaziyat shu tarzda qoladigan bo'lsa, biz yarim finalda yana Abdusattorov - Karlsen to'qnashuvini ko'rishimiz mumkin.

2-turdan keyingi holat:

Yarim finalda esa juftliklar quyidagicha to'qnash keladi: 

A guruhi g'olibi - B guruhi 2-o'rin

B guruhi g'olibi - A guruhi 2-o'rin

Ertaga 3-tur o'tkazilsa, 28 oktyabr dam olish kuni hisolanadi. 29 oktyabr kuni yarim finallar tashkil etiladi. 30 oktyabr kuni esa final va 3-o'rin uchun bahs o'tkaziladi. 


Musobaqada mukofot jamg'armasi quyidagicha taqsimlanadi: 

1-o'rin: 150 000 dollar

2-o'rin: 85 000 dollar

3-o'rin: 55 000 dollar

4-o'rin: 40 000 dollar

5-o'rin: 25 000 dollar

6-o'rin: 20 000 dollar

7-o'rin: 15 000 dollar

8-o'rin: 10 000 dollar.


Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing