So’nggi yangiliklar

11:41Дастин Порье Ислам Махачевнинг гапларига жавоб қайтарди 0 11:20Рим WTA 1000. Кербер, Путинцева ва бошқаларда ғалаба 0 10:58Ўзбекистонлик яна бир боксчи жаҳон чемпионлик камари учун жанг қилади 0 10:37Месси ХХI асрда ушбу натижага эришган биринчи футболчига айланди 0 10:16Наоя Иноуэ навбатдаги жангини "Уэмбли"да ўтказиши мумкин 0 09:54Мирра Андреева Рим WTA 1000 турнири илк даврасидаёқ ютқазиб қўйди 0 09:33Муроджон Аҳмадалиев АҚШда навбатдаги жанги учун тайёргарликни бошлади + ФОТО 0 09:12Аббосбек Файзуллаев РПЛ рамзий терма жамоасидан ўрин олди 0 08:51Ўзбекистонлик аралаш якка кураш устаси Дана Уайтга ўзига хос мурожаат йўллади + ФОТО 0 08:28Ўзбек миллий кураши яна бир нуфузли тадбир дастурига киритилди 0 08:05Боксчиларимиз U22 Осиё чемпионатини 20 та медаль билан якунлади 0 07:30ЕЧЛ. "Боруссия" жавоб ўйинида ҳам ПСЖни мағлуб этиб, дастлабки финалчига айланди 0 19:01"Челси" 75 миллион фунтга Украина термаси футболчисини сотиб олиши мумкин 0 18:39Ўзбекистондан кейин Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасини қайси мамлакат қабул қилиши маълум 0 18:18"Ҳозир барча мен билан жанг қилишни истайди" - Василий Ломаченко 0

22 apr 11:55
Yangiliklar

Sport kurashlari, Parij-2024

18 ta imkoniyatdan 7 ta licenziya. Sport kurashlarida yana licenziya qo'lga kirita olamizmi?

Teglar :  Sport kurashlari
Kecha Qirg'iz Respublikasining Bishkek shahrida sport kurashlari bo'yicha Osiyo qitasi uchun licenzion turnir yakuniga etdi.

Turnir yakuniga ko'ra, 4 nafar sportchimiz licenziya qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi. Bungacha esa yana 3 nafar hamyurtimiz 2023 yili Belgradda o'tkazilgan jahon chempionatida Parij Olimpiadasi chiptalarini naqd qilgandi.

Olimpiya o'yinlarida umumiy hisobda 18 ta vazn toifasida medallar jamlanmasi o'ynaladi - erkin kurash (6 ta), yunon-rum kurashi (6 ta) va ayollar kurashi (6 ta). 

Ikkita licenzion turnir yakuniga ko'ra, O'zbekiston sport kurashlari terma jamoasi hozirga kelib 7 ta yo'llanma qo'lga kiritgan. 11 ta vazn toifasida esa licenziyamiz hozircha yo'q. Endi Parij Olimpiadasi yo'lida so'nggi imkoniyat - 9-12 may kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida o'tkaziladigan jahon licenzion turniri hisoblanadi. Terma jamoamiz azolari aynan ushbu turnirda licenziyalar uchun kurashishadi. 

Bugungi kunga kelib licenziya qo'lga kiritilgan va qo'lga kiritilmagan vazn toifalari: 

Erkin kurash:

-57 kg: G'ulomjon Abdullaev

-65 kg:

-74 kg: Bekzod Abdurahmonov

-86 kg: Javrail SHapiev

-97 kg: 

-125 kg: 



Yunon-rum kurashi:

-60 kg: Islomjon Bahromov

-67 kg: 

-77 kg: Aram Vardanyan

-87 kg: 

-97 kg: Rustam Assakalov

-130 kg: 



Ayollar kurashi:

-50 kg: Aktenge Keunimjaeva

-53 kg: 

-57 kg:

-62 kg: 

-68 kg: 

-76 kg: 


Faktlar:

- O'zbekiston Tokio Olimpiadasida 8 ta licenziya qo'lga kiritgandi (4 ta erkin kurash, 4 ta yunon rum kurashi).

- Bu safargi Olimpiya o'yinlarida ayollar kurashi bahslarida ham ishtirok etamiz. Aktenge Keunimjaeva o'zbek sporti tarixida ilk bor ayollar kurashi bo'yicha Olimpiadada qatnashadi.

-Sport kurashlari bo'yicha Parij Olimpiadasiga eng ko'p licenziya qo'lga kiritgan mamlakatlar: Yaponiya (13ta), AQSH (13ta), Eron (11ta), Kuba va Misr (10tadan). 

-Individual neyral atletlar (Rossiya va Belarus) 19 ta licenziyaga ega. 


Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing