So’nggi yangiliklar

18:01Нурсултон Рўзибоев: «Битта ғалабадан кейин Баклига «вызов» ташлайман 0 17:38Александр Зверев Борис Беккердан ўтиб кетди 0 17:17"Жирона" "Ливерпуль" юлдузини сафига қўшиб олмоқчи 0 16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0

21 dek 20:30
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

2022 yilda eng ko'p kutilayotgan janglar (TOP-5)

2021 yil yakunlanishiga ham oz vaqt qoldi.

Bu yili boks olamida juda ko'plab kutilgan va kutilmagan janglar, hisoblar bo'ldi. Yil davomida meksikalik chempion Saul Alvares mutlaq jahon chempionligiga erishdi. Uaylder va Fyuri o'rtasida trilogiya bo'lib o'tdi va britaniyalik boks yulduzi Entoni Joshua Aleksandr Usikka qarshi ringga ko'tarilib, mag'lubiyat alamini tortdi. 2022 yil esa boks muxlislariga yanada ko'plab qiziqarli janglarni taqdim etishi mumkin. Biz esa kelasi yili bo'lishi mumkin bo'lgan janglar TOP-5ligini taqdim etamiz.


Gennadiy Golovkin va Saul Alvares o'rtasidagi trilogiya

Supero'rta vazn qiroli meksikalik Saul Alvares va qozog'istonlik chempion Gennadiy Golovkin o'rtasida tugallanmagan ish qolib ketgan. Kanelo yakunlanayotgan yil davomida uch marta ringga ko'tarildi va supero'rta vazn toifasida mutlaq jahon chempionligini qo'lga kiritdi. Gennadiy esa yil so'nggida ilk bor ringga ko'tarilishi lozim edi. Biroq Murataga qarshi jang Yaponiyadagi koronavirus bilan bo'layotgan voqealar sababli bekor bo'ldi. Saul kelasi yil uchun rejalari bilan o'rtoqlashganida, u Gennadiyga qarshi jangga tayyor ekanligini va uning uchun qozog'istonlik bokschi bitta vazn tepaga ko'tarilishi kerakligini malum qilgandi. GGG ham bu jangga qarshi emasligini bir necha bor takrorladi. To'qnashuv orqali esa har ikki bokchi ham faoliyatlaridagi eng katta gonorarlarga ega bo'lishlari mumkin. CHunki bu jangni ko'plab muxlislar kutishmoqda. 

Ko'pchilik ikkinchi jangda Saulning g'alabasini tan olmagan va ular o'rtasida trilogiya bo'lishi shart deb hisoblaydi.


Superog'ir vazn toifasida taxning yagona sohibini aniqlashi lozim bo'lgan jang - Fyuri-Usik

Boks vaznlari orasida eng qiziqarli va shiddatli janglari bilan mashhur bo'lgan superog'ir vazn toifasida 22 yillik tanaffusdan so'ng navbatdagi mutlaq jahon chempioni bo'lishi mumkin. Britaniyalik sobiq mutlaq jahon chempioni Lennoks Lyuisdan so'ng hali hech bir og'ir vazn bokschisi barcha kamarlarni birlashtirishga erishmadi. Bu voqea aslida shu yili bo'lishi mumkin edi. CHunki britaniyalik bokschilar Tayson Fyuri va Entoni Joshua o'zaro jang qilishlari lozim edi, ammo orada Uaylder Taysondan revansh talab qildi va bunga erishdi. SHundan so'ng Joshua WBO kamariga rasmiy davogar Aleksandr Usikka qarshi ringga ko'tarildi va barcha kamarlaridan ayrildi. SHu sababli ham superog'ir vazn toifasida yagona taxt sohibini aniqlash lozim bo'lgan jang kelasi yilga qoldirildi. Qirollik uchun asosiy davogarlar esa hali mag'lubiyat nima ekanligini bilmay kelayotgan bokschilar - Aleksandr Usik va Tayson Fyuri! Agar Joshua Usikka qarshi revanshni biroz ortga surishga rozi bo'lsa, bizning kelasi yilning bahorida super jang kutmoqda. 


O'zbek boksi uchun yangi sahifa ochilishi mumkin bo'lgan jang - Ahmadaliev - Fulton

Ikkinchi engil vazn toifasida WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliev navbatdagi jangini WBC va WBO kamari sohibi Stiven Fultonga qarshi o'tkazishi mumkin. Jang g'olibi esa vaznning mutlaq jahon chempionligini qo'lga kiritadi. Ahmadaliev bu jangda g'alaba qozonishni uddalasa, O'zbekiston tarixida mutlaq jahon chempionligini qo'lga kiritgan ilk bokschiga aylanadi. SHuningdek, u eng kam jang o'tkazib, mutlaq chempion bo'lgan bokschilardan biriga ham aylanadi. Bundan tashqari, ikkinchi engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni bo'lgan ikkinchi bokschiga aylanadi. Unga qadar faqatgina Yaponiya vakili Dziro Vatanzabe 38 yil oldin chempionlik kamarlarni birlashtirgan.


Yillar davomida kutilgan, biroq amalga oshmay kelayotgan jang: Spens - Krouford

Yarimo'rta vazn chempionlari Errol Spens va Terens Krouford o'rtasidagi jangni muxlislar va mutaxassislar ancha yillardan beri kutib kelishmoqda. Ikki engilmas bokschilarning jangi kelasi yili bo'lish ehtimoli juda yuqori. Bu jangni tashkil etish yo'lida shaxsan "Top Rank" rahbari Bob Arum bosh-qosh bo'lmoqda. 


Rossiyaning eng kuchli bokschilari o'zaro ringga ko'tarilishadi

Artur Beterbiev - Dmitriy Bivol! Kelasi yil uchun super afisha. Yarimog'ir vazn WBC, IBF va WBA kamarlari sohiblari Artur Beterbiev hamda Dmitriy Bivol. Professional boksda bitta ham mag'lubiyat yo'q. Beterbievning hisobida 17 ta jang, 17 ta g'alaba va shuncha nokaut. Uning hech bir jangi so'nggi soniyalarga qadar bormagan. Bivolda esa 19 ta g'alaba va ulardan 11 tasi nokaut orqali. Bu jang nafaqat Rossiyada, balki butun dunyoda katta shovqin ko'tarishi mumkin. G'olib esa supero'rta vazn qiroli Saul Alvaresga qarshi ringga ko'tarilishi mumkin. 

Qisqasi bizni kelasi yil super janglar kutmoqda. Sizningcha yana qaysi boksilarning o'zaro jangi qiziqarli bo'ladi?


Reyting: +3   

Fikrlar

+1   
22 dek 09:22:55
CHELSEA2211
Hammasi, lekin Tayson fyuri va Usik baribir ajralib turadi...
+1   
21 dek 22:36:49
WORKOUT
Beterbiev Bivol to'qnashuvi Super jang bo'lardi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing