So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

13 okt 14:46
Yangiliklar

Dzyudo

2023 yil paradzyudo bo'yicha nufuzli xalqaro musobaqalardan biri O'zbekistonda o'tishi kutilmoqda

Teglar :  Paradzyudo
Toshkentda o'tayotgan dzyudo bo'yicha jahon chempionati davomida ko'plab nufuzli sport tashkilotlari rahbarlari qatori IBSA ko'zi ojizlar dzyudo federaciyasi sport direktori Yanosh Tardos ham poytaxtimizga tashrif buyurdi.

Bugun Osiyo Paralimpiya qo'mitasi vice-prezidenti – O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev IBSA ko'zi ojizlar dzyudo federaciyasi sport direktori Yanosh Tardos bilan uchrashdi. SHuningdek, uchrashuvda O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Aziz Kamilov ham ishtirok etdi.

Samimiy kechgan suhbat davomida tomonlar o'zaro hamkorlik masalalarini yaqindan muhokama qilishdi.

Jumladan, Muxtorxon Tashxodjaev IBSA tomonidan para dzyudo bo'yicha ko'plab ijobiy o'zgarishlar amalga oshirilayotganini takidlab, so'nggi paytlarda O'zbekistonda ham ko'zi ojiz insonlar o'rtasida para dzyudo sport turiga qiziquvchilar soni tobora ortib borayotganini bildirdi. Bundan tashqari, yurtimizda xalqaro toifadagi klassifikatorlarga ehtiyoj yuqori ekani bois, bu borada IBSA bilan hamkorlikda o'zbekistonlik mutaxassislarni ham xalqaro toifadagi klassifikator sifatida tayyorlash bo'yicha taklif bildirdi.  Bundan tashqari, O'zbekistonda para dzyudo bo'yicha nufuzli xalqaro musobaqalarni o'tkazish masalasida ham fikr almashildi.

O'z navbatida Yanosh Tardos ham o'zbekistonlik para dzyudochilar dunyoda kuchlilar qatorida etirof etilishini aytib, ushbu yutuqlar mamlakatimizda yaratilgan ulkan imkoniyatlar natijasi ekanini bildirdi. U IBSA hamda O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi o'rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga va har tomonlama qo'llab-quvvatlashga tayyorligini malum qildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing