So’nggi yangiliklar

19:04Оғир атлетикачиларимиз сўнгги лицензион турнирда иштирок этишади 0 18:43Нурсултон Рўзибоев тарози маросимида иштирок этди 0 18:30АПЛ болбойларнинг ўйинга таъсирини чеклайди 0 18:09Хабиб Нурмагомедов Сен-Пьерга жавоб қайтарди 0 17:48Сен-Пьер Хабиб билан эҳтимолий жанг ҳақида: "Мен 42 ёшдаман..." 0 17:27Глендейлдаги проф бокс оқшоми иштирокчилари тарозига чиқишди 0 17:06"Барселона" тарбияланувчисини қайтармоқчи 0 16:45Содиқ Сафоев Ўзбекистон регби федерацияси раислигига қайта сайланди 0 16:24Нигина Абдураимова Словения турнирида 1/2 финалга чиқди 0 16:03Нурсултон Рўзибоев Дюмадан кейин Маҳмуд Мурадов учун реванш олмоқчи 0 15:42Антуан Гризманн қайтди 0 15:21Конор Макгрегор овқатланиш рационини кўрсатди + ФОТО 0 15:00Сен-Пьер: "Хабибни мағлуб эта олган бўлардим" 0 14:39"Буюк ипак йўли" турнирининг энг яхши боксчиси аниқланди 0 14:18«Бавария» Алонсони қўлга кирита олмаганидан сўнг бошқа бир топ мураббий билан шартнома тузмоқчи 0

05 sen 16:09
Yangiliklar

Boks/MMA

Intervyu. Hasanboy Do'smatov: “G'alabamni Messiga o'xshab nishonlayman deb niyat qilgandim”

Yaqinda o'z yakuniga etgan Rio Olimpiadasida ajoyib natija qayd etgan sportchilarimiz orasida futbolning ashaddiy ixlosmandlari ham bor ekanligiga guvoh bo'lishdi.

Ayniqsa, SHahram G'iyosovning g'alabani Ronalduga xos tarzda nishonlashi esa, ushbu futbolchining muxlislarini shod etganligi sir emas. Lekin ushbu Olimpiadada yana bir iqtidorli bokschimizning futbolga befarq emasligini payqab qoldik. Buni ko'pchilik bilgan bo'lsa, kimlardir ahamiyat bermadi. 49 kg vazn toifasida Olimpiya chempioniga aylangan charm qo'lqop ustamiz Hasanboy Do'smatov finaldagi g'alabasini Messi uslubida nishonladi va bu bizni befarq qoldirmadi. Bokschimiz bilan bog'lanib, ushbu nishonlash va umuman futbol borasida suhbat qurdik. Quyida suhbatni etiboringizga havola qilamiz.

- Hasanboy, finaldagi g'alabangizni o'ziga xos tarzda nishonladingiz, yani Messi uslubida yoki biz yanglishyapmizmi?
- Yo'q, to'g'ri topdingiz. Jang avvalida ko'pchilik yaqinlarimga aytgandim. Agar g'alaba qozonsam, Messi tarzida nishonlayman deb.

- Demak argentinalik dahoning muxlisi ekansiz-da?
- Albatta, uning maydondagi harakatlari va kamtarligi ham tahsinga loyiq.


- “Barselona”-chi?
- Sevimli futbolchimning klubi. SHuning uchun ham ushbu jamoaga muxlislik qilaman.

- Argentina terma jamoasi...?
- Har qanday ishtirokini qoldirmaslikka harakat qilaman.

- Umuman futbolga qay darajada muxlissiz? Demoqchimanki, har qanday futbol musobaqalarini kuzatib borasizmi?
- Albatta, O'zbekiston chempionatini ham kuzatib boraman. Viloyatim sharafini himoya qiladigan “Andijon” jamoasiga ishqibozlik qilaman. Afsuski, o'yinlari qovushmayapti. SHunday bo'lsa-da, muxlislik qilishda davom etaveramiz. Jahon futbolini gapirmasam ham bo'ladi. Kuchli beshlik, CHempionlar ligasi, jahon va Evropa chempionatlari, “Kopa Amerika”ning bu galgisi ham ajoyib taassurot qoldirdi.

- Boks terma jamoasidan Isroil Madrimov va SHahobiddin Zoirov bilan bevosita maydonda futbol o'ynaganmiz. Ularning, harakatlari qoyil qoldirgandi. Balki siz ham maydonda boksdagi kabi texnikangiz yuqoridir?
- Mabodo, futbolda ham “Vela Barker”(Olimpiadada eng tezkor va texnikasi yuqori bokschiga topshiriladigan kubok. Rioda aynan ushbu mukofotni Hasanboy Do'stmatov qo'lga kiritdi) yo'qmi? (kuladi) Albatta hazil. Yuqorida sanab o'tgan jamoadoshlarim qatori harakatlana olaman. Andijonda kunimiz futbol bilan o'tadi, desam yanglishmagan bo'laman. Har doim birga o'ynab yuradigan alohida jamoamiz ham bor.

- Umuman, boks terma jamoa azolari futbol o'ynab turasizlarmi?
- Albatta o'quv mashg'ulot yig'inlarida har payshanba futbol kuni.

- Demak, terma jamoa safida tortishuvlar ko'p bo'ladi. SHahram G'iyosov Ronaldu muxlisi, siz esa Messi, ayting-chi? Jamoada qay bir futbolchining muxlisi ko'p?
- Adashmasam har ikkisiniki ham etarli. Lekin Messiniki biroz ko'proq chamamda.


- Mana yaqinda Ronaldu Evropada mavsumning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi. Messi muxlisi sifatida buni qanday qabul qildingiz?
- Odatiy har ikki futbolchining ham o'z darajasi bor. Lekin bunday sovrinlar Messida etarlicha topilishi barchaga malum-ku.

- Endi o'zbek futboliga etibor qaratsak. Futbolchilarimizdan qay birining o'yini maqul tushadi?
- Islom To'xtaxo'jaev, Sardor Rashidov, Odil Ahmedov, Vitaliy Denisovlarning mahorati yuqori.

- Biror bir futbolchimiz bilan do'stona munosabatlarga egamisiz?
- Islom aka To'xtaxo'jaev bilan bevosita internet tarmoqlari orqali yozishib, salom-alik qilib turamiz.

- Futbolni bevosita maydonda tomosha qilish maroqlimi yoki aksincha?
- Aslida, uyda yonboshlab olib, bemalol takroriy lavhalarni ham tahlil qilib tomosha qilishga nima etsin! Stadionda bir lahza chalg'isangiz, GOLni ko'rmay qolishingiz mumkin. Lekin haqiqiy muxlis ekanmiz, bevosita maydondan qo'llab-quvvatlab turamiz. Ayniqsa, terma jamoalarimiz to'p sursa, bu ham vatanparvarlikning o'ziga xos ko'rinishi.


- Futbol sharhlovchilarimiz borasida qanday fikrdasiz?
- Mirzahakim To'xtamirzaevga qoyil qolaman.

- Futbol nashrlari va saytlarini muntazam o'qib borasizmi?
- Muntazam desam lof bo'lib ketar, imkon qadar, futbol gazetalarni, saytlarini kuzatib boraman.

- Milliy terma jamoamizning saralash uchrashuvlarini kuzatib borayapsizmi? Mana ikkinchi bosqich boshlandi. Imkoniyatlarimizga qanday baho berasiz?
- Nasib qilsa, Rossiyada bo'lib o'tadigan mundialda ishtirok etadi. Mana Rioda ishtirok etgan sportchilar hech kimdan kam emasligimizni isbotlay oldik. Bu omillar futbolchilarimizga ham ilhom bag'ishlaydi, deb o'ylayman.


Ahmadbek Eshmatov suhbatlashdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
05 sen 22:32:07
Adilbek
GOLDEN BOY qoil...
   
05 sen 19:33:40
KimTan
- Миллий терма жамоамизнинг саралаш учрашувларини кузатиб бораяпсизми? Мана иккинчи босқич бошланди.( UCHINCHI BOSQICH BOSHLANDI) Имкониятларимизга қандай баҳо берасиз?
   
05 sen 19:32:37
KimTan
notogri ketibdi 3-bosqich boshlandi.....
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing