31 jan 20:04
Yangiliklar
Boks/MMA
Pakyao Makgregor bilan jang qilishni istaydi
Filippinlik mashhur bokschi Menni Pakyao aralash qoidalar bo'yicha ikki vazn toifasida yagona UFC chempioni Konor Makregor bilan boks qoidalari asosida jang qilishga qarshi emas.
Bu malumotni Pakyaoning promouteri Bob Arum ham tasdiqladi. Arumning o'zi fillipinlik bokschining Makgregor bilan jangini tashkil qilishga urinib ko'rishini malum qilgan.
“Konor Makgregor yaxshi atlet. U MMAda kuchli, ammo MMA va boks bu boshqa-boshqa sport turlari. Ishonchim komil, agar Konorning o'zi istasa, Menni bu jangga rozilik beradi. Istalgan bokschi ham Makregorga qarshi jang o'tkazib, uni nokautga uchratishni xohlaydi”, – dedi Arum.
Havola :
Fikrlar