So’nggi yangiliklar

15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0

17 iyu 17:25
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

5 ta bonus, Leon Edvards bilan jang, UFCdagi 9 yillik tajriba. Mahmud Muradovning bo'lajak raqibi haqida nimalar malum?

SHu hafta UFC Londonda turnir o'tkazadi.

UFC Fight Night 224 turniri hamyurtimiz Mahmud Muradov jang qilishi bilan etiborga molik. 

Mahmud uchun UFC'da hisob bo'yicha 6-jang bo'ladigan mazkur to'qnashuv hamyurtimiz uchun katta ahamiyatga ega. CHunki Muradov uchun oxirgi ikkita jang muvaffaqiyatsiz kechgan. Promoushendagi dastlabki uchta jangdan so'ng uchralgan ikkita mag'lubiyatdan keyin Muradovning kelajagi biroz so'roq ostida qolgan. Lekin tajribali raqib ustidan qozonilgan g'alaba Mahmud uchun navbatdagi eshiklarni ochib beradi. 


Raqib - Brayan Barberena. U Leon Edvards, Robbi Lourer, Kolbi Kovington va Rafael dos Anos bilan jang qilgan, 5 marotaba bonusga ega bo'lgan, promoushenda katta tajribaga ega

Mahmudning bu safargi raqibi anoyilardan emas. Amerikalik Brayan Paul Barberena. 1989 yilning 3 may kuni Kaliforniyada tug'ilgan. 2009 yildan beri professional MMA bilan shug'ullanib keladi. Otasi kolumbiyalik. SHu sababli janglari davomida AQSH va Kolumbiya bayroqlarini ko'tarib chiqadi. Bazasi Braziliya jiu-jitsusi. 

UFCgacha "Dakota Fighting Championships" va "King of the Cage" promoushenlarida jang qilgan. 2014 yilda 9-2 rekord orqali UFC bilan shartnoma imzolagan. O'sha yili 13 dekabr kuni promoushenning engil vaznida Jo Ellenbergerga qarshi debyut qilgan va raqibini texnik nokaut evaziga mag'lub etgan.


Uning raqiblari ro'yxatiga nazar tashlaydigan bo'lsak, UFC'ning hozirgi chempioni Leon Edvards, sobiq chempion Robbi Lourer, sobiq vaqtinchalik chempion Kolbi Kovington, Rafael dos Anos kabi yulduzlarni ko'rishimiz mumkin. Lekin u mazkur yulduzlarning barchasiga mag'lub bo'lgan. 



Mahmudga qarshi jang Brayan uchun UFC'dagi 18, MMAdagi 29-jang bo'ladi. UFC'dagi rekord 9-8ni tashkil etadi. 

U 28 ta jangning 18 tasida g'alabaga erishgan, 10 tasida yutqazgan. 18 ta g'alabadan 11 tasida raqiblarini nokautga uchratgan, 2 tasida sabmishn, 5 tasida esa hakamlar qaroriga ko'ra g'alabaga erishgan. 

10 ta mag'lubiyatdan 2 tasida nokautga uchragan, 3 tasida sabmishn evaziga mag'lub bo'lgan. Yana 5 ta jangda esa hakamlar qaroriga ko'ra mag'lub bo'lgan. 

Uning UFC'dagi rekordi bilan tanishing:

Taqqoslash uchun, Mahmud Muradov professional MMAda 33 ta jang o'tkazgan. 25 ta g'alaba va 8 ta mag'lubiyat. UFCda esa 5 ta jang bor. 3 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat. Ikki marotaba UFC'da bonus qo'lga kiritgan. 

Malumot uchun, UFC Fight Night 224 turniri Toshkent vaqti bilan 22 iyul kuni soat 21:00da boshlanadi. Mahmud Muradovning Brayan Barberenaga qarshi jangi esa taxminan 23:00dan so'ng boshlanadi. Jang translyaciyasi bo'yicha malumotlar saytimiz orqali elon qilinadi. 

Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing