So’nggi yangiliklar

11:56Рим "Мастерс". Монфис, Шаповалов, Шварцманда мағлубият ҳамда ёмғирли куннинг бошқа натижалари 0 11:35WBC кечаги вазият учун Жермелл Чарлони чемпионлик камаридан маҳрум қилди 0 11:14Элина Аванесян Рим WTA 1000 турнирида матчболдан чиқиб кетди 0 10:53Райан Гарсиянинг допинг билан боғлиқ вазиятида муҳим янгилик! 0 10:32Томас Тухель: "Бу футбол қоидаларининг очиқчасига бузилиши" 0 10:11Расман. UFC 302 турниридан ўрин олган навбатдаги жанг тасдиқланди + ПОСТЕР 0 09:50Superbet Poland Rapid & Blitz. Нодирбек Абдусатторов пешқадамлар сафида + ФОТО 0 09:29Расман. UFC гангстерларининг боксдаги жанги санаси ўзгарди 0 09:08Матиас Де Лигт: "Шармандалик! Қанот ҳаками менга "кечир, хато қилдим", деди" 0 08:47АҚШда Исроил Мадримовнинг Теренс Кроуфордни мағлуб этишига шубҳа қилишмоқда 0 08:26Нигина Абдураимовада кутилган натижа 0 08:05Жермелл Чарло маст ҳолда автомобил бошқаргани учун ҳибсга олинди 0 07:44ЕЧЛ финалида "Реал" ва "Боруссия Д" тўқнаш келади! 0 07:23Ўзбекнефтегаз раиси енгил атлетика федерациясига раис этиб тайинланди 0 07:02Расман. Муҳаммад Мокаевнинг навбатдаги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди + ПОСТЕР 0

07 fev 19:29
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Adolat qani?! Xabib ketganidan buyon g'alaba nimaligini bilmayotganlar, biroq ular hamon reytingning top o'rinlarida...

UFC reytinglari mudom muxlislar o'rtasida qizg'in muhokamalarga sabab bo'ladi.

Bazilar pound-for-pound reytingining boshida Islam Maxachevni emas, balki Jon Jonsni ko'rishni istasa, boshqalar u yoki bu jangchining qaysi pog'onada turishidan hayratda. Lekin asosiysi, bu doim qiziqarli. Har bir UFC turniri yakunlangach, haftaning seshanba kunlari yangi reyting elon qilinadi. Ko'pincha ayrim munozarali masalalar uchun ko'proq yoki kamroq tushuntirishni topish mumkin, ammo reytingda haqiqiy anomaliyalar ham mavjud. Bazi jangchilarning yuqori 15 talikda turushi biroz tushunarsizdek...

Stipe Miochich, 4-o'rin 

Stipe Miochich tarixdagi eng yaxshi og'ir vaznli sportchilardan biri hisoblanadi. Hech kim bu fikrga qo'shilmasa ham UFC rahbariyati buni maqullaydi. Biroq, Miochich oxirgi marta 2021 yilning mart oyida jang qilgan va Frensis Ngannuga nokaut bilan mag'lub bo'lgandi. O'shandan beri Stipe jang qilmadi, ammo shu bilan birga nafaqaga chiqqanini ham malum qilmadi. Uning so'nggi g'alabasi 2020 yilning avgustiga to'g'ri keladi. Oradan qancha vaqt o'tganini taqqoslash uchun: o'sha paytda Xabib Nurmagomedov o'zining so'nggi jangini o'tkazish uchun Jastin Getjiga qarshi tayyorgarlik ko'rayotgandi. Uzoq vaqt davomida oktagonga chiqmay va g'alabasiz yurgan Miochich hamon UFC og'ir vaznlilar reytingida top 5 talikda turibdi. Yaqin vaqtga qadar amerikalik sportchi uchlikda edi, lekin Tom Aspinall undan o'zib ketdi. Stipe ayni dam bor etiborini Jonsga qarshi duelga qaratgan. Ikki jangchi o'rtasidagi bahs o'tgan yilning noyabr oyida o'tkazilishi kerak edi, ammo Jons jarohat olib qoldi. 

Brayan Ortega, 4-o'rin

Agar Miochichga faxriy sifatida yumshoq munosabatda bo'lish mukin bo'lsa, Brayan Ortegaga yumshoqlik bilan munosabatda bo'lish mumkin emas. Bu yigit allaqachon hamkasblarining haziliga aylanib bo'lgan. Movsar Evloev yaqinda Arnold  Alleni mag'lub etib, reytingda beshinchi o'ringa ko'tarildi, biroq Ortegadan o'tib keta olmadi va ijtimoiy tarmoqlarda kaustik post elon qildi: “2040 yilda 10 yildan ortiq vaqt davomida g'alaba qozonmagan va jang o'tkazmagan Ortega hali ham eng yaxshi top beshlikda bo'ladi”. Bu - adolatli davo. Ortega so'nggi bor 2022 yilning iyulida oktagonga kirgan va Yair Rodrigesga yutqazgan.

Natija rasmiy ravishda texnik nokaut bo'lgan, aslida mag'lubiyat omili Brayanning elkadan olgan jarohati edi. Ortega oxirgi marotaba 2020 yil “koreyalik zombi” ustidan zafar quchgan. Ajablanarlisi shundaki, uning jangi ham Xabibning so'nggi g'alabasidan bir hafta o'tib sodir bo'lgan. Brayanning ortida allaqachon yaxshi jangchilar mavjud, shu jumladan Evloev ham bor. Ammo u hamon top beshlikda qolmoqda va internetda Ortega Dana Uaytning “noqonuniy o'g'li” ekanligi haqida hazillar tarqalib ketgan. 

Aleks Peres, 7-o'rin

Aleks jangovar janglarda chempion hisoblanadi. U oxirgi marta 2020 yilning iyun oyida g'alaba qozongan va o'shandan beri 13 ta jangga tayinlangan, ammo ularning 2 tasi bo'lib o'tgan (!). Sodir bo'lmagan bahslarning katta qismi Peresning jarohat, kasallik va vazn ortishi sababli kuzatilgan. Mo'jizaviy tarzda bo'lib o'tgan ikki jang uning mag'lubiyati bilan poyoniga etgan. O'sha janglarda Aleksga Deyvison Figeyredu va Aleksandr Pantoyalar raqiblik qilgan. Endi Muhammad Mokaev bilan duel rejalashtirilgan, lekin dog'istonlik sportchi har ehtimolga qarshi boshqa o'rinbosar topish haqida qayg'urishi kerak. 

Bularning barchasi bilan Peres hamon divizionning eng kuchli o'ntaligidan, hattoki ettinchi o'rindan joy olib turibdi. Vaziyatni engil vazn toifasi “qotib qolgani” bilan to'g'irlash mumkin. Yuqoridagi jangchilar bir-biri bilan kurashmoqda, ammo quyidagilar haqida bunday deb bo'lmaydi. Vaznda yangi qon yo'q, Aleksning o'zi ham bu jarayonni sekinlashtirmoqda. Reytingda undan pastki pog'onalarda Muhammad Mokaev, Tagir Ulanbekov, Tatsuro Tiara va Stiv Ertceg kabi taniqli nomlar bor. 

Paulo Kosta, 6-o'rin

Agar Peres to'xtashlar chempioni bo'lsa, Kosta kelajakda uning o'rnini egallash uchun munosib nomzoddir. Pauloning rejalashtirilgan janglardan qanday qilib “uchib ketishi” haqida afsonalar yaratilishi mumkin. U 2020 yil sentyabr oyida Adesanyaga texnik nokaut bilan imkoniyatni boy bergan. O'shandan beri braziliyalik Lyuk Rokxold ustidan g'alaba qozondi, Martin Vettoridan mag'lubiyatga uchradi hamda 5 ta jangi bekor qilindi. 

Klassik sxema shundan iboratki, UFC jangni elon qiladi va bir muncha vaqt o'tgach, Kosta hech qachon hech qanday shartnoma ko'rmaganini yoki hech narsa imzolamaganini malum qiladi. Xususan, Robert Uittayker va Ikram Aliskerovlar bilan janglar shunday bo'lgan. Paulo Xamzatga qarshi bahsni uzrli sabablarga ko'ra, bekor qilgan. Ayni dam u o'rta vaznda 6-o'rinni band etib turibdi. Braziliyalik endi yuqori pog'onalarda bo'lmasligi kerak, biroq negadir u chempionlikdan unchalik uzoqda emasdek. Eslatib o'tamiz, o'z vaqtida Leon Edvards CHimaevga qarshi jangdan bosh tortgani uchun reytingdan chetlatilgandi, ammo Kosta janglarni bemalol rad etadi va yaqinda kuchli beshlikka kirib qolsa ham ajab emas...

Genri Sexudo, 3-o'rin 

Sexudo – ushbu ro'yxatdagi bonus. Uch karra chempionning uzoq vaqtdan beri g'alaba qozona olmagani haqida hech qanday savol yo'q. Genri 2020 yilning mayida Dominik Kruzni mag'lub etib, nafaqaga chiqdi va uch yildan so'ng qaytib keldi hamda Aljameyn Sterling bilan chempionlik uchun kurashda juda yaxshi kurashdi. O'sha bahsda Sexudo hakamlarning ayri qarori bilan mag'lub bo'ldi hamda og'ir vazn toifasida uchunchi o'ringa joylashtirildi. Genri ayni dam chempionlik uchun munosib nomzod sifatida ko'rilayotgan Kori Sendxagendan yuqorida. Amerikalikni oldinda Merab Dvalishvili bilan chempionlikka davogarlik uchun bo'lajak jang kutib turibdi va bu bahs unga beriladigan bahodir. Aks holda Sexudo ancha past o'rinda bo'lar edi, shuningdek bunday imkoniyatga ega bo'lmasdi. Demak, Genri Sexudoning pog'onasi haqida yuqoridagi jangchilarga nisbatan kamroq savollar mavjud.


Habib Jo'raboev tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing