So’nggi yangiliklar

13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0

25 iyu 18:19
Yangiliklar

Boshqalar

"Afsonalar vodiysi"da qo'l jangi bo'yicha "Prezident kubogi" turniri o'tkazildi FOTOGALEREYA

Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” amfiteatrida qo'l jangi bo'yicha “O'zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi” uchun professionallar o'rtasida xalqaro turnir bo'lib o'tdi.

Tomoshabinlar oqshom doirasida professional fayterlar ishtirokidagi 6 ta jangga guvoh bo'lishdi. Xalqaro turnirning markaziy jangida hamyurtimiz Jahongir Jumaev rossiyalik tajribali va shu bilan birga ancha taniqli sportchi Nurmuhamed Beslaneevga qarshi bahs olib bordi. 80 kg vazn toifasida tashkil etilgan ushbu jang kamar uchun kechdi. Besh raundlik jangning birinchi raundidayoq Jumaev raqibini og'ritish usuli bilan mag'lubiyatga uchratdi. 

Qolgan janglarga to'xtaladigan bo'lsak, professionallar o'rtasidagi oqshomning ilk bahsida hamyurtimiz Husniddin Sattorov tojikistonlik Osimbek Mo'minbekovni birinchi raundning 50-soniyasida og'ritish usulida taslim etdi. 

Ikkinchi jangda vakilmiz Guljahon Normatova qozog'istonlik Axmet Kimbatni uch raund to'liq davom etgan bellashuvda ochkolar hisobiga ko'ra engdi. Navbatdagi jang 67 kg vaznda o'tkazildi va unda Namangan o'g'loni SHahobiddin Tursunov germaniyalik Aset Askarovni ikkinchi raundda bo'g'ish usulida mag'lub etdi. 

Turnirning to'rtinchi bellashuvida 80 kg vazn toifasida hamyurtimiz Og'abek Qodirov moldovalik Mixay Kotruce bilan o'zaro raqobatga kirishdi. Ushbu bahs qizg'in kurashlar ostida kechdi va yakunda Qodirov ochkolar hisobidagi g'alabani qo'lga kiritdi. 

Musobaqaning qiziqarli janglaridan biri 57 kg vazn toifasida ikki karra jahon chempioni G'iyosiddin Jamoliddinov hamda greciyalik Xristos Laros o'rtasida kechdi. Hamyurtimiz biroz kutilmaganda, jangning uchinchi soniyasidayoq raqibini og'ritish usulida mag'lubiyatga uchrata oldi. 

"Prezident kubogi" turnirining yakuniy hisobi 6-0! O'zbekistonlik qo'l jangi ustalari 6 ta jangning barchasida raqiblaridan ustun kelishdi. G'iyosiddin Jamoliddinov va Jahongir Jumaev 5000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puliga ega bo'ldi. Qolgan to'rt nafar g'olib sportchilarimiz 3000 dollarga ega chiqishdi. Mag'lub qo'l jangi ustalariga esa 2000 dollar taqdim etildi.   

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing