So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

21 avg 20:04
Yangiliklar

Qishki sport turlari

Afsonaviy xokkeychi Vyacheslav Fetisov O'zbekistonga keladi

Teglar :  XokkeyFetisovXumo
23-24 avgust kunlari Toshkentdagi ko'p tarmoqli “Humo Arena” muz saroyida xokkey bo'yicha O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 28 yilligiga bag'ishlab xalqaro turnir o'tkaziladi.

Musobaqada Tungi xokkey ligasining doimiy ishtirokchisi, Rossiyaning «Premer» jamoasi hamda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan «Toshkent» va «Humo» klublari faxriy xokkeychilari qatnashadi.

Turnir O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi, O'zbekiston xokkey federaciyasi va «Toshkent» xokkey klubi hamkorligida tashkil etilmoqda. Qiziqarli ommabop tomoshalar bilan boyitilgan tantanali ochilish marosimi 23 avgust kuni soat 15:00 da muhtasham “Humo Arena” muz saroyiga tutash hududda o'tkaziladi. SHu kuni «Premer» va «Toshkent» jamoalari azolari dastlabki uchrashuvda kuch sinashadi. 24 avgust kuni soat 12.00 da rossiyaliklar «Humo» jamoasiga qarshi muz ustiga tushadi.

O'zbekiston xokkey federaciyasi matbuot xizmati taqdim etilgan malumotga ko'ra, "Premer" klubiga 2005 yilda afsonaviy xokkeychi Vyacheslav Fetisov tashabbusi bilan asos solingan. Bugungi kunda mazkur xalq jamoasi tarkibi xokkeyga mehr qo'ygan, bir-birini nafaqat muz ustida, balki maydon tashqarisida ham doimo qo'llab-quvvatlaydigan insonlardan iborat. Avvaliga "Premer" xokkey klubi o'z oldiga sport musobaqalarida ishtirok etishni maqsad qilib qo'ymagan edi. 

SHunga qaramasdan, 2010 yilga kelib jamoa havaskor xokkey klublari o'rtasida o'tkaziladigan turnirlarning doimiy ishtirokchisiga aylandi. 2015/2016 yilgi mavsumda "Premer" jamoasi Tungi xokkey ligasi festivali beshinchi saralash bosqichi muntazam chempionati yakunida eng yuqori natija ko'rsatdi. Pley-off natijalariga ko'ra ham "Orzular ligasi" (Ikkinchi divizion)ning 18+ divizionida 1-o'rinni egalladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing