So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

10 fev 15:26
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Ahmadaliev boshlab berdi. Keyingisi kim? Yaqin orada jahon chempioni bo'lishi mumkin bo'lgan o'zbek bokschilari (TOP-5)

Mana uzoq yillik tanaffusdan so'ng o'zbek professional bokschilari yana jahon chempioni bo'lishdi.

Jahon chempionligi nomiga hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev o'zining 8-jangidayoq sazovor bo'ldi. Bu hali boshlanishi albatta. Hozirgi kunda bir qancha boshqa professional bokschilarimiz ham yuqori reytinglarda qayd etilgan. Keling, ularning chempionlikka qay darajada yaqin ekanligini tahlil qilib ko'ramiz. Demak bizda chempionlikka yaqin turgan bokschilar TOP-5ligi.

1. Qudratillo Abduqahhorov (17-0, 9 KO)

Qudratillo Abduqahhorov hozirgi kunda yarim o'rta vaznda ( -66,6 kg) IBF reytingida birinchi, WBC reytingida beshinchi va WBO reytingida to'qqizinchi o'rinda bo'lib, hozirda Errol Spens (26-0, 21 KO)ga tegishli bo'lgan IBF chempionlik kamari uchun majburiy davogar sifatida qayd etilgan. Ammo, Spens avtofalokatga uchragani va jarohat olgani bois IBF vaqtinchalik chempionlik kamari uchun Qudratillo Abduqahhorov va reytingda 3-pog'onada borayotgan Rossiyalik Sergey Lipinec (16-1, 12 KO) o'rtasidagi jangga buyruq berdi. Mazkur jang g'olibi keyinchalik chempionga qarshi ringga chiqish huquqini qo'lga kiritadigan bo'ldi. Abduqahhorov va Lipinec jangi mart oyi oxirlari yoki aprel oyi boshiga reja qilinmoqda.


2. Isroil Madrimov (4-0, 4 KO)

Isroil Madrimov hozirda birinchi o'rta vaznda (69,8 kg) WBA reytingida 3-o'rinda qayd etilgan. U professional faoliyati davomida barcha janglarida raqiblarini muddatidan oldin mag'lubiyatga uchratgan. Madrimov o'zining navbatdagi jangini WBA reytingida 10-pog'onada borayotgan CHarli Navarroga (29-9, 22 KO) qarshi o'tkazadi. Bu jang 10 raundlik etib belgilangan va WBA Eleminator (chempionlik jangi uchun davogarlik) jangi hisoblanadi. Ammo bu vaznda 2 ta chempionlik kamari bor. Asosiy kamar Xeison Rosarioga (20-1-1, 14 KO) tegishli bo'lsa WBA Regular (muntazam) chempionlik kamari kubalik Erislandi Laraga tegishli. Madrimov aynan Laraga tegishli kamarga davogarlik uchun ringga chiqadi.



3. Azizbek Abdug'ofurov (13-0, 5 KO)

Azizbek Abdug'ofurov supero'rta (76,2 kg) vaznda WBC Silver kamari sohibi va ushbu yo'nalish reytingida 2-pog'onada bormoqda. Bu yo'nalish chempioni amerikalik David Benavides ( 22-0, 19 KO) va majburiy davogar WBC reytingida 1-o'rindagi Anvi Yildirim (21-2, 12 KO) hisoblanadi. Bu ikkala bokschi o'zaro jang o'tkazgach, tabiiyki reytingda 2-pog'onadagi hamyurtimiz majburiy davogarga aylanadi va chempionlik jangida ishtirok etish huquqiga ega bo'ladi. Azizbek o'zining navbatdagi jangini 11 aprelda Angliyaning London shahrida Lerrone Richardsga (13-0, 3 KO) qarshi o'tkazishi va WBC Silver kamarini himoya qilishi reja qilinmoqda. U Angliyaning "Quensberry" promouterlik kompaniyasi bilan 5 ta jangga shartnoma qilgan va 1-jangini o'tkazib ulgurgan. Qolgan 4 ta janglardan birida u chempionlik uchun ringga chiqishi kutilmoqda.


4. SHohjahon Ergashev (18-0, 16 KO) va SHahram G'iyosov (9-0, 7 KO)

Biz bu ikki bokschining imkoniyatlarini hozirgi holatdagi reytingdan kelib chiqib teng baholamoqdamiz. SHohjahon Ergashev superengil (63,5 kg) vaznda WBA va IBF reytingida 6, WBO reytingida 13-pog'onada qayd etilgan bo'lsa, SHahram G'iyosov WBA reytingida 7, IBF reytingida 15-pog'onadan o'rin olgan. Ammo, ushbu vaznda WBA va IBF yo'nalishi chempioni Josh Taylor ( 16-0, 12 KO) keyingi jangini IBF yo'nalishida majburiy davogar Apinun Kongsongga qarshi o'tkazishi, uni WBA yo'nalishida ham majburiy davogar Lyuis Ritson kutib turganini, keyinchalik esa WBC va WBO chempioni Xose Ramiresga qarshi mutlaq chempionlik uchun ringga chiqishni reja qilayotganini hisobga olsak, bu yil ikkala bokschimizdan ham asosiy kamarga chiqish imkoni yo'q ekanligi malum bo'ladi. Ammo, ularda hozirda Marrio Barriosga tegishli WBA Regular (muntazam) va Alberto Puelloga tegishli WBA Interim (vaqtinchalik) chempionlik kamarlaridan biri uchun 2020 yilning o'zidayoq ringga chiqish imkoniyati bor. Bunga bokschilarning reytingi va imkoniyatlari ham birdek etarli.


5. Bektemir Meliqo'ziev (4-0 3 KO)

Bektemir Meliqo'ziev prof ringda 4 ta jang o'tkazgan bo'lsada, boks ommasiga tanilib ulgurdi. U 3-jangida Von Aleksandrni ochkolar hisobida hakamlarning bir ovozdan qarori bilan (100-90 hisobida) mag'lub etdi va super o'rta vaznda (76,2 kg) WBA Americas kamarini qo'lga kiritib, reytingda 15-o'ringa ko'tarilib oldi. Meliqo'zievning asosiy shartnomasi "Mir Boksa" kompaniyasi bilan. SHu bilan birga u mashhur Oskar De La Xoyyaga qarashli "Golden Boy" promouterlik kompaniyasi bilan sopromoushen(qo'shimcha hamkorlik) shartnoma imzoladi. Bu orqali uning janglari "Golden Boy" tashkil qilgan jang kechalarida o'tkazadigan bo'ldi. Uning promouterlari rejaga ko'ra 10 ta janggacha chempionlik kamari uchun jang qilinishi ko'zda tutilgan.

Biz barcha bokschilarimizga omad tilaymiz. G'alabalar davomli bo'lsin...

Jalol Ahmedov tayyorladi

Boksga oid qiziqarli yangiliklarni kuzatib boring

Reyting: +6   

Fikrlar

+3   
10 fev 16:03:28
Jalol Axmedov
yoqadi degan umiddaman. maqolada faqatgina shahsiy firkimdan kelib chiqib 1 dan 5 gacha tartib boʻyicha yozganman. sizning top 5 ligingiz qanday ?
+1   
10 fev 17:47:08
Сурхон Барлос
Ахмадалиевдан сўнг яқин келажакда Исроил Мадраимов, Бектемир Мелиқўзиев, Ғиёсов ва Эргашев, Дўсматов.........узоқ келажакда Хуршидбек Норматов ва Баҳодир Жалолов
   
13 fev 18:37:51
Сурхон Барлос
Сурхон Барлос foydalanuvchining fikriga javob berish
Ахмадалиевдан сўнг яқин келажакда Исроил Мадраимов, Бектемир Мелиқўзиев, Ғиёсов ва Эргашев, Дўсматов.........узоқ келажакда Хуршидбек Норматов ва Баҳодир Жалолов
Қудратилло ҳам анча чидамли боксчи экан
   
10 fev 19:49:15
Komiljon.
Gap yoq reyting togri tuzulgan menimcha
   
10 fev 19:37:54
Shovkat
Madrimov blan Meliqoziyev xaqiqatka yaqinro mani nazarmda böylari chroyli chqadi judayam
   
10 fev 16:16:57
WORKOUT
1. Qudratilla 2. Isroil 3. Bektemir 4. Shahram 5. Shohjahon
   
10 fev 16:13:49
WORKOUT
Qudratilla Isroil Bektemirni vazn toifalarida imkoniyati koproq
   
10 fev 15:55:33
Aziz
   
10 fev 15:53:42
BACKSTREEETBOY
Shohjahon va Taylor jangini kutaman
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing