So’nggi yangiliklar

11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0

16 okt 18:57
Yangiliklar

Eshkak eshish

Akademik eshkak eshish bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Osiyo chempionatini 4 ta medal bilan yakunladi

Teglar :  Eshkak eshish
11-14 oktyabr kunlari Singapurda bo'lib o'tgan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida Akademik eshkak eshish bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 3 ta oltin va 1 ta bronza medaliga sazovor bo'ldi.

Etiborga molik jihati, bu safargi qita chempionati kelasi yili Argentinada bo'lib o'tadigan III o'smirlar Olimpiya o'yinlariga saralash bosqichi vazifasini ham o'tab berdi. Osiyo chempionati yakuniga ko'ra hamyurtimiz Kamila Maqsudova yakkalik ekipajida musobaqani kuchli to'rtlikda yakunlab, o'smirlar Olimpiya o'yinlariga licenziyani qo'lga kiritdi. 

Singapurdagi musobaqaning so'nggi kunida barcha yo'nalishlarda final bahslari bo'lib o'tdi. O'zbekiston terma jamoasi unda muvaffaqiyatli ishtirok etib medallar shodasiga ega chiqdi. Alisher Turdiev, Sardor To'lqinxo'jaev, Elyor Raupov va SHahzod Nurmatovlardan iborat birinchi to'rtlik start avvalidanoq peshqadamlikni o'z qo'liga oldi va 2000 metr masofaga marraga birinchi bo'lib etib kelib, oltin medallarga sazovor bo'ldi. 

Keyinroq o'smirlar o'rtasida yakkalik ekipaj bahslarida poygalar tashkil etildi. Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Jasur Mavlonov marra chizig'ini uchinchi bo'lib kesib o'tdi va bronza medaliga loyiq ko'rildi. SHuningdek, ikki kishilik ekipaj bahslarida Alisher Turdiev va Sardor To'lqinxo'jaevlardan iborat juftligimiz barcha raqiblarini ortda qoldirib oltin medalga sazovor bo'lishdi.  

Va nixoyat, terma jamoamizga uchinchi “oltin”ni Evgeniy Agafonov, Davrjon Davronov, Abduaziz Rahimjonov va Jasur Mavlonovdan iborat to'rtlik ekipaji keltirdi. Yakunda O'zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatini 3 ta oltin va 1 ta bronza medali bilan yakunladi. 

Malumot uchun, shu yilning 2-6 avgust kunlari Latviyada bo'lib o'tgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida Alisher Turdiev va Sardor Tulkinxo'jaevlardan iborat juftlik ekipaji 2018 yili Argentina mezbonlik qiladigan III o'smirlar Olimpiya o'yinlariga licenziyani qo'lga kiritgandi. Bu safar endi Kamila Maqsudova nufuzli musobaqa yo'llanmasiga ega bo'ldi. 

Ana shu tariqa Akademik eshkak eshish bo'yicha terma jamoamiz mamlakatimiz uchun o'smirlar Olimpiya o'yinlariga ajratilgan maksimal 2 ta yo'llanmani qo'lga kiritib bo'ldi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing