So’nggi yangiliklar

12:38Спортчилар ижтимоий тармоқларда 0 12:17"Реал" — "Бавария" учрашувининг "man of the match" соҳиби маълум. У дубль муаллифи эмас! 0 11:56Рим "Мастерс". Монфис, Шаповалов, Шварцманда мағлубият ҳамда ёмғирли куннинг бошқа натижалари 0 11:35WBC кечаги вазият учун Жермелл Чарлони чемпионлик камаридан маҳрум қилди 0 11:14Элина Аванесян Рим WTA 1000 турнирида матчболдан чиқиб кетди 0 10:53Райан Гарсиянинг допинг билан боғлиқ вазиятида муҳим янгилик! 0 10:32Томас Тухель: "Бу футбол қоидаларининг очиқчасига бузилиши" 0 10:11Расман. UFC 302 турниридан ўрин олган навбатдаги жанг тасдиқланди + ПОСТЕР 0 09:50Superbet Poland Rapid & Blitz. Нодирбек Абдусатторов пешқадамлар сафида + ФОТО 0 09:29Расман. UFC гангстерларининг боксдаги жанги санаси ўзгарди 0 09:08Матиас Де Лигт: "Шармандалик! Қанот ҳаками менга "кечир, хато қилдим", деди" 0 08:47АҚШда Исроил Мадримовнинг Теренс Кроуфордни мағлуб этишига шубҳа қилишмоқда 0 08:26Нигина Абдураимовада кутилган натижа 0 08:05Жермелл Чарло маст ҳолда автомобил бошқаргани учун ҳибсга олинди 0 07:44ЕЧЛ финалида "Реал" ва "Боруссия Д" тўқнаш келади! 0

10 fev 10:29
Yangiliklar

Eshkak eshish

Akademik eshkak eshuvchilarimiz Turkiyada yig'in o'tkazmoqda

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov boshchiligidagi ishchi guruh Turkiyada xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inini olib borayotgan terma jamoalarimiz faoliyatini kuzatishda davom etadi.

Ishchi guruh bu gal Dalaman shahrida shug'ullanayotgan akademik eshkak eshish bo'yicha jamoamiz bazasiga tashrif buyurdi.

Akademik eshkak eshuvchilarimiz hozircha Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlariga yo'llanma qo'lga kiritganlari yo'q. SHu bois, SHerzod Tashmatov uchrashuv davomida har bir yo'nalishda tayyorgarlik olib borayotgan sportchilar va ularning murabbiylari bilan suhbatlashib, kvalifikacion musobaqalarda bor imkoniyat ishga solinishi zarurligini takidladi. Malumot uchun, akademik eshkak eshuvchilarimiz 19-21 aprel kunlari, Janubiy Koreya, 19-21 may kunlari SHveytsariyada o'tadigan licenzion musobaqalarda ishtirok etishadi.

Suhbat davomida sportchilarimizning kun tartibi hamda mashg'ulot jarayonlarida nimalarga ahamiyat qaratilayotgani, ularning tibbiy taminoti xususida batafsil fikr almashildi. 21 fevral sanasiga qadar davom etadigan ushbu yig'in aprel va may oylarida bo'lib o'tadigan licenzion musobaqalarga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi. Turkiyadagi yig'inga yurtimiz sharafini xalqaro arenalarda munosib himoya qilishga davogar 13 nafar sportchi jalb etilgan. Suhbat yakunida MOQ raisi o'rinbosari bo'lajak musobaqalarda barchaga omad tiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing