So’nggi yangiliklar

12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

05 avg 06:58
Yangiliklar

Og'ir atletika, Tokio-2020

Akbar Jo'raev: "Parijda ham xuddi shunday medal olishga bor kuchim bilan harakat qilaman"

Teglar :  Akbar Jo'raev
Og'ir atletikachimiz Akbar Jo'raevning Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarida qo'lga kiritgan muvaffaqiyati sportimiz uchun ulkan ahamiyatga ega.

Bu bilan o'zbek og'ir atletikasi jahonda etakchilardan ekanini yana bir karra ko'rsatgan bo'lsa, chempionlik Prezidentimiz va millionlab hamyurtlarimizni xursand qildi. O'z navbatida, Jo'raev musobaqadan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi:


“Hayajon juda katta. Avvalo, Prezidentimizga katta rahmat aytmoqchiman. Olimpiya o'yinlari – biz Yangi O'zbekiston yoshlarining nimalarga qodir ekanligini ko'rsatib berish uchun ajoyib imkoniyat. Prezidentimizning biz yoshlarga bergan ishonchi va mehri menga yanada kuch berdi. Bundan tashqari, meni qo'llab-quvvatlab turgan barchaga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Ushbu g'alabamni yurtimiz mustaqilligining, jonajon O'zbekistonimizning 30 yilligiga bag'ishladim. Parij-2024 Olimpiadasida ham xuddi shunday medal olishga bor kuchim bilan harakat qilaman. Barcha murabbiylarim, menga muxlislik qilgan hammaga rahmat. Barcha havaskor yoshlarga sport bilan shug'ullanishni, mashg'ulotlarni oxirigacha olib borishni tavsiya qilgan bo'lardim”, – dedi Olimpiada chempioni va rekordchisi Akbar Jo'raev.

O'z navbatida biz ham Jo'raevning kelgusi faoliyatida omad tilab qolamiz!

Reyting: +3   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing