So’nggi yangiliklar

15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0

23 sen 21:02
Yangiliklar

Karate

Alam Mullaev o'z lavozimini tark etdi, karatega navbatdagi rahbar saylandi

Teglar :  Karate
Bugun Sportni rivojlantirish vazirligida O'zbekiston karate WKF federaciyasining navbatdagi hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tdi.

Unda Adham Ikramov boshchiligidagi Sportni rivojlantirish vazirligi mutasaddilari, Milliy Olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo'mita raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov, federaciya xodimlari va terma jamoa azolari, hududiy vakillar (ZOOM platformasi orqali), faxriylar ishtirok etishdi. Konferenciya kun tartibidan federaciyaga yangi rais saylash, uning rahbariyati va Ijroiya qo'mitasi tarkibini qaytadan shakllantirib olish kabi masalalar o'rin oldi.

Tadbir avvalida so'zga chiqqan A.Ikramov karatening mazkur yo'nalishi o'zbekistonlik yoshlarning sevimli sport turlaridan biri ekanligi, ayniqsa chekka hududlarda unga qiziquvchilar ko'pchilikni tashkil etishi, o'z navbatida, ushbu sport turi mamlakatimizda ancha rivojlangani hamda terma jamoamiz azolari xalqaro maydonlarda vatanimiz sharafini munosib himoya qilib kelishayotganini alohida etirof etdi.

Konferenciya kun tartibidan o'rin olgan masalalar bir ovozdan tasdiqlangach asosiy jarayonga o'tildi. Unda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Talim, sog'liqni saqlash va sport masalalari kotibiyati masul xodimi, bungacha sport sohasida turli lavozimlarda samarali faoliyat olib borgan Rashid Azatovich Talipov nomzodi federaciya raisi lavozimiga taklif etildi va konferenciya ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan maqullandi. SHu tariqa Rashid Talipov O'zbekiston karate WKF federaciyasi raisi etib saylandi. SHu paytgacha federaciya rahbari sifatida faoliyat olib borgan Alam Mullaev, shuningdek, Baxtiyor Nigmatullaev, Anvar Muhamedov, Saparmurod Djiemurotov, Ilhom Mamadaliev, Burxon Rahmonov hamda Dilnoza Bakirova rais o'rinbosari, bungacha federaciya Ijrochi direktori lavozimida ishlagan Farruh Tashkentbaev federaciya Bosh kotibi etib saylandi. SHuningdek, tadbir davomida Ijroiya qo'mitasi azolari ham shakllantirilib, tashkilotning yangi tahrirdagi nizomi tasdiqlandi.

Yig'ilishda so'zga chiqqan Rashid Talipov yuksak ishonch uchun minnatdorlik bildirgan holda, yurtimizda karate sportini rivojlantirish yo'lida astoydil xizmat qilishini takidladi. SHu bilan birga, oldinda turgan yirik musobaqalar, jumladan, joriy yil dekabr oyida Toshkent shahrida o'tkaziladigan kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatini yuksak saviyada tashkil etishda barchani hamjihat bo'lishga chaqirdi.

SHu tariqa, O'zbekiston karate WKF federaciyasining navbatdagi hisobot-saylov konferenciyasi o'z ishini yakunladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing