So’nggi yangiliklar

11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0

08 okt 22:16
Yangiliklar

Sambo

Alisher Alimov murabbiylikni his qilgani, jahon chempionatiga tayyorgarlik va boshqa masalalar haqida

Teglar :  Sambo
Xabaringiz bor, sambochilarimizni yil oxiriga qadar yirik musobaqalar kutib turibdi.

Ularning dastlabkisi bir necha kundan so'ng Greciyada o'smirlar va yoshlar o'rtasida o'tkaziladigan jahon chempionati bo'lsa, eng muhimi noyabr oyida O'zbekistonda kattalar o'rtasidagi jahon chempionatidir. Bundan tashqari bir necha kun oldin sambochilarimiz Qozon shahridagi "Tatariston Prezidenti kubogi"da ham qatnashishdi. Biz ushbu musobaqalar haqida O'zbekiston sambo associaciyasi raisi Alisher Alimov bilan suhbatlashdik. 

 


- Alisher aka, oldinda bizni katta musobaqalar kutib turibdi. Jumladan kelasi hafta Greciyada o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati boshlanadi. Ushbu muhim musobaqaga tayyorgarlik jarayoni qanday kechmoqda? 

- Darhaqiqat, kelasi hafta bizni muhim musobaqa - yoshlar va o'smirlar o'rtasida jahon chempionati kutib turibdi. Ayni paytda musobaqaga tayyorgarlik o'zining eng qizg'in pallasiga kirgan. Sambochilarimiz CHirchiq shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib borishmoqda. Nasib qilsa, 15-18 oktyabr kunlari Greciyaning Saloniki shahrida o'tkaziladigan jahon birinchiligida munosib ishtirok etamiz. Terma jamoamiz to'liq tarkibda bahslarda qatnashadi. 

Umuman olganda, xalqaro sambo federaciyasi taqvim rejasiga ko'ra, kuz fasliga ko'plab sport musobaqalari to'g'ri kelgan. 


- Bir necha kun oldin ham sambochilarimiz Tataristonda o'tkazilgan musobaqada ishtirok etib qaytishdi. Ushbu turnir davomida qiziq holatni ko'rdik. Unda o'zingiz ham murabbiy rolida ko'rinish berdingiz. Bu qanday ro'y berdi? 

- To'g'ri aytasiz, Qozonda o'tkazilgan "Tatariston Prezidenti kubogi" musobaqasida murabbiy vazifasini ham bajarishga to'g'ri keldi (kuladi). SHu o'rinda buning sababini ham tushuntirib o'tishni istardim. Aytib o'tganimdek, yaqinda bizni muhim start - jahon chempionati kutmoqda. Terma jamoa murabbiylari yosh sambochilarimizni ushbu jahon chempionatiga tayyorlashmoqda. SHuningdek, hozir Greciyadagi chempionatga viza olish jarayoni ketmoqda. Yaxshi bilasiz, Greciya Evropa mamlakati va pandemiya vaqtida u erga viza olish jarayonlari biroz qiyinlashgan va odatdagidan ko'ra ko'proq vaqt talab qilinmoqda. SHu sababli, O'zbekiston delegaciyasi elchixonaga hujjatlarni topshirgan. Murabbiy va sportchilarimizning vizalarni kutmoqdamiz. Tabiiyki, pasportlar ham hozir elchixonaga topshirilgan va shu sababli murabbiylar Qozonga bora olishmadi. Tataristonda esa 11 nafar sportchimiz bahslarda qatnashishi oldindan rejalashtirilgandi. Tabiiyki sportchilarimizni murabbiysiz, delegaciya rahbarisiz musobaqaga borib kelishi biroz noto'g'ri bo'lardi. 

SHu sababli, men ushbu holatda elchixonadan pasportimni qaytarib oldim va sportchilarimiz bilan birga Tataristondagi "A toifa" turnirga borishni o'z burchim deb hisobladim.

- Murabbiylik vazifasini bajarish qiyin ekanmi?

- Murabbiy bo'lish qiyin ish ekanligini juda yaxshi bilardim. Lekin bu darajada qiyin ekanligini endi his qildim. Aytishadiku, "boshdan o'tgan tabib" deb. Musobaqagacha qura tashlash, mandat komissiyasi kabi jarayonlar bo'ldi. Tataristonda mana shunday jarayonlarda ham ishtirok etdim. Bu o'zim uchun ham qiziq bir yangilik bo'ldi. Yaxshiyamki, yonimda ushbu vaziyatda musobaqada hakam sifatida ishtirok etgan hamyurtimiz Rustam Ibragimovich Odilov bor edi va u inson elkama-elka turdi va qo'llab-quvvatlab turdi. Uning yordami katta bo'ldi. 

Bellashuvlar davomida esa sportchilarni gilamga olib chiqdim. Bazi vaziyatlarda esa bir vaqtda uch nafar sportchimiz uchta gilamda bahsga kirishdi. Bunday vaziyatlarda shoshib qolar ekansiz. Musobaqa davomida shunga amin bo'ldimki, murabbiy bo'lish - mashaqqatli vazifa. Murabbiylarimizga kattadan-katta rahmat aytishimiz kerak. CHunki ularning ishi qiyin, sharafli kasb hisoblanadi. Baxtimizga murabbiylarimiz sog'-salomat bo'lishsin. Yurtimiz sporti rivoji yo'lida mehnat qilib charchashmasin. 


- Ana endi yilning eng muhim starti - Toshkent shahri mezbonlik qiladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik haqida gapirib bersangiz...

- To'g'ri aytdingiz, poytaxtimiz Toshkent shahrida kattalar o'rtasida o'tkaziladigan jahon chempionati - sambo olamida yilning eng muhim turniri hisoblanadi. Bunday nufuzli chempionat mezbonligi aynan O'zbekistonga ishonib topshirilganligidan g'ururlanamiz. O'zimizga bildirilgan ishonchni oqlaymiz. Bellashuvlar "O'zbekiston" sport majmuasida o'tkaziladi. Yaxshi bilasiz, so'nggi yillarda Muhtaram Yurtboshimiz SHavkat Mirziyoev ham O'zbekistonda nufuzli musobaqalar tashkil etish g'oyasini qo'llab-quvvatlamoqdalar. Sambo oilasi ham bundan ruxlangan holda jahon chempionatini yuqori saviyada tashkil etadi. Tashkiliy tomonlama tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Sambochilarimiz ham musobaqaga jiddiy ravishda tayyorgarlik ko'rishmoqda. Ishonamanki, 12-15 noyabr kunlari Toshkentda haqiqiy sport bayrami shukuhi yuzaga keladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing