So’nggi yangiliklar

12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0

17 iyu 00:48
Yangiliklar

Sambo

Alisher Alimov “Osiyo bolalari" VII xalqaro sport o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan sambochilarimiz bilan uchrashdi

Teglar :  SamboAlisher Alimov
Xabar berib o'tganimizdek, bir necha kundan so'ng Vladivostokda "Osiyo bolalari" kompleks musobaqasi o'tkaziladi. O'yinlar dasturidan sambo ham o'rin olgan.

Ayni paytda ushbu musobaqada qatnashuvchi sambochilarimiz Samarqandda o'quv-mashg'ulot yig'inini olib borishmoqda. 

O'zbekiston sambo associaciyasi raisi Alisher Alimov musobaqaga tayyorgarlik ko'rayotgan sportchilarimiz bilan uchrashib, ularning tayyorgarlik jarayonini kuzatdi. 

Ushbu tashrifda Alisher Alimovga Samarqand viloyati sportni rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i SHuhrat Ro'ziev, O'zbekiston sambo associaciyasi raisi o'rinbosari Ravshan G'ulomov, O'zbekiston sambo associaciyasi Samarqand viloyati bo'limi ijrochi direktori O'ktam Haydarov, Toyloq Olimpiya zaxiralari kolleji direktori O'tkir Qurbonov hamrohlik qildi. 

Mutasaddilar muhim musobaqaga tayyorgarlik ko'rayotgan sportchilarimizning mashg'ulotlarini, shuningdek ular yashayotgan mehmonxona sharoitlarini, oziq-ovqatlari ko'zdan kechirildi. Sportchilar bilan uchrashib, ular bilan muloqot qilindi. 

SHuningdek mehmonlar Samarqand shahrida sambochilarimiz uchun asosiy bazalardan biriga aylanayotgan bolalar va o'smirlar sport maktabida yaqinda rekonstrukciyadan chiqarilgan sport zalini ham ko'rishdi.

Eslatib o'tamiz, "Osiyo bolalari" musobaqasida sambo bo'yicha bahslar 4 avgust kuni o'tkaziladi.

O'zbekiston sambo associaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing