So’nggi yangiliklar

16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0

16 mar 13:49
Yangiliklar

Sambo

Alisher Alimov O'zbekiston sambo associaciyasi raisi lavozimiga qayta saylandi

Teglar :  SamboAlisher Alimov
Bugun, 16 mart kuni O'zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligida O'zbekiston sambo associaciyasining hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tdi.

Ushbu yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri o'rinbosari SHahrillo Mahmudov, Milliy olimpiya qo'mitasi bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov, Xalqaro sambo federaciyasi Ijroqo'mi azosi Aleksandr Korsik, Osiyo va Okeaniya sambo uyushmasi prezidenti Alamjon Mullaev, Osiyo va Okeaniya sambo uyushmasi Ijroqo'm azosi Rizo Muhammad Naseri, Vazirlar Mahkamasi masuli Rashid Talipov, associaciyaning hududiy bo'limlari vakillari, murabbiylar va OAV xodimlari ishtirok etishdi. 

Konferenciyani Yoshlar siyosati va sport vaziri o'rinbosari SHahrillo Mahmudov ochib berdi. U kishi samboda erishilayotgan muvaffaqiyatlar, samboning ahamiyati, huquqni muhofaza qiluvchi organlar safida sambochilarning ko'pligi va boshqa masalalar haqida gapirdi. 


FIAS ijroqo'mi azosi Aleksandr Korsik esa o'z chiqishida o'zbek sambosining jahon miqyosida qo'lga kiritayotgan yutuqlari, Osiyo va jahon chempionatlarini muvaffaqiyatli mezbonligi va yana bir qator jihatlar haqida gapirdi. U shuningdek Alisher Alimov va uning jamoasiga Xalqaro sambo federaciyasi prezidenti Vasiliy SHestakovning minnatdorchiligini etkazdi. 

Konferenciya davomida tashkilot tomonidan so'nggi 4 yilda amalga oshirilgan ishlar hisoboti tinglandi. 

Kun tartibidan o'rin olgan asosiy masalalardan biri associaciyaga rais hamda bosh kotib saylashdan iborat edi. 

Unga ko'ra, associaciyaga 4 yildan buyon rahbarlik qilib kelayotgan Alimov Alisher Rixsivaevich nomzodi tashkilot raisi lavozimiga yana bir bor tavsiya etildi. Delegatlar bir ovozdan nomzodni qo'llab-quvvatlashdi va Alisher Alimov navbatdagi muddatga O'zbekiston sambo associaciyasi raisi lavozimiga saylandi. 



Bosh kotib lavozimiga esa SHakirov Roman Ildarovich nomzodi tavsiya etildi. Delegatlar mazkur nomzodni ham qo'llab-quvvatlashdi va Roman SHakirov bosh kotib sifatida faoliyatini davom ettiradigan bo'ldi.

Konferenciya yakunida ishtirokchilar o'z takliflarini bildirib o'tishdi. 

SHu tariqa, O'zbekiston sambo associaciyasining navbatdagi hisobot-saylov konferenciyasi o'z yakuniga etdi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing