So’nggi yangiliklar

11:05UFC 302 турнири иштирокчилари тарозида қандай вазн кўрсатишди? 0 10:44Бугун Азиза Зокирова Бангкокдаги турнирда жанг қилади 0 10:21Бивол рақибидан бироз оғир чиқди 0 10:00Бугун финал! «Реал Мадрид» — «Боруссия» 0 09:39Қудратилло Абдуқаҳҳоров иштирокидаги жанг тўлиқ давом этди 0 09:17Йўғе?! Чжан Чжилей Уайлдердан 30 кг оғир чиқди! 0 08:45Ролан Гаррос. Карлос Алькарас учинчи даврада ғалабага эришди 0 08:23Майк Тайсон ва Жейк Пол ўртасидаги жанг бошқа муддатга қолдирилди 0 07:59Аббосбек Файзуллаев қайси чемпионатда ўйнаш истаги борлигини маълум қилди 0 07:32Яна битта ғалаба Навбаҳор Ҳамидовадага Олимпиада йўлланмасини тақдим этади 0 20:30Бивол: "Менда Саудия Арабистони билан шартнома бор. Шу ерда жанг қиламан" 0 20:09Япония терма жамоаси юлдузи АПЛга ўтмоқда 0 19:48Пауло Коста рақиби Шон Стрикленд ҳақида яхши фикрлар билдирди 0 19:27Шон Стрикленд Ислам Махачев борасида америкаликларга маслаҳат берди 0 19:06Тим Цзюнинг Ортисга қарши жанги бекор бўлди 0

13 noy 07:09
Yangiliklar

Sambo

Alisher Alimov: Sambo sportiga XOQ tomonidan rasmiy maqom berilganidan keyingi birinchi jahon chempionatini qabul qilish - biz uchun katta sharaf

Teglar :  Sambo
Toshkentda sambo bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.

O'zbekiston sambo associaciyasi raisi Alisher Alimov chempionatning tashkiliy masalalari to'g'risida gapirdi.

«Ushbu jahon chempionatida 73 ta davlat delegaciyasi kelishi kutilayotgandi. Biroq, pandemiya va shu kabi masalalar tufayli 50 dan ziyod davlat ishtirok etmoqda. O'zbekiston terma jamaosi esa erkakalar, ayollar va jangovor sambo bo'yicha to'liq tarkib bilan qatnashmoqda. Xorijdan jami bo'lib 1 500 nafarga yaqin mehmon kutilayotgan edi, lekin yuqorida aytib o'tganimdek, bu raqam ham qisqardi va ayni vaqtda ular 1 250 nafarni tashkil qiladi. O'ylaymanki, chempionat mamlakatimizning turizm salohiyatini yanada oshirishga ham xizmat qiladi. Birgina Rossiya delegaciyasi misolida oladigan bo'lsak, ular 52 nafar, shulardan 21 nafar sportchi va qolganlari murabbiy, masul shaxslardir. Hamkorlarimiz xalqimizning mehmondo'stligi tufayli yurtimizga tashrif uyushtirishni yoqtirishadi. Biz bu chempionatni 6 oy avval qabul qilib oldik. Avvaliga Moskva shahri mezbonlik qilishi lozim edi. Xalqaro sport hamjamiyatining Rossiya sportiga qarshi qilgan harakatlari tufayli Rossiya katta sport musobaqlarini qabul qilish huquqidan mahrum bo'ldi. SHundan so'ng mezbonlik masalasi o'rtaga tashlandi. Qisqa muddat ichida bunday hajmdagi turnirini qabul qilish katta masuliyat. 

XOQ tomonidan Xalqaro sambo associaciyasiga rasmiy maqom berilganidan keyingi birinchi jahon chempionatini qabul qilish - biz uchun katta sharaf. Biz o'z tajribamizga ishonamiz. Yurtimizga kelayotgan barcha ishtirokchi hamda mehmonlarni xursand qilamiz. XOQning martabali shaxslari chempionatimizda mehmon bo'lishadi. SHu bilan birga Rossiya Olimpiya Qo'mitasi raisi Stanislav Pozdnyakov ochilish marosimida ishtirok etdi», - dedi Alisher Alimov.

Sarvinoz Raxmonqulova yozib oldi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing