So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

19 noy 07:43
Yangiliklar

Qishki sport turlari

Alp tog'larida Olimpiada-2026 obektlari qurilishi boshlandi

Teglar :  Qishki sportAlp
Italiyada 2026 yilgi qishki Olimpiya o'yinlarining muhim inshootlaridan biri – Dolomitli Alplarda joylashgan Son Di Prade (Son dei Prade) va CHianzope - Bay-de-Dones (Cianzopé-Bai de Dones) chang'i zonalari orasidagi dor yo'llari qurilishi boshlandi.

Yangi yo'nalishda soatiga 1100 dan ortiq odamni tashish imkoniyatiga ega 70 ta sakkiz o'rinli kabinalar faoliyat yuritadi. Uzunligi 4600 metrni tashkil qiladi va yo'lning o'rtasida oraliq to'xtash joyi mavjud.

Yangi dor yo'llari nafaqat chang'ichi va snoubordchilar, balki iliq mavsumda yon bag'irlarni makon tutadigan mauntinbaykchilar uchun ham katta ahamiyatga ega bo'ladi. Bu, shuningdek, uglerod chiqindilarini kamaytirishga yordam beradi, chunki ilgari sayyohlar bir chang'i zonasidan boshqasiga o'tish uchun avtoulovlardan foydalanishlariga to'g'ri kelardi.

ANSA axborot agentligining xabariga ko'ra, loyihani amalga oshirish jarayonida atrof-muhitga katta etibor qaratilmoqda, chunki Dolomitli Alplarning ushbu mintaqasi ekologiyani muhofaza qiluvchi tashkilotlar muhofazasida. Dor yo'llari qurilishi uchun masul bo'lgan qurilish kompaniyasi ekologik kompensaciyani qoplash bo'yicha ishlarni amalga oshirish uchun rasmiylar bilan shartnoma imzolaydi, chunki qoziqlarni qoqish paytida ko'plab daraxtlarni kesishga to'g'ri keladi.

Eslatib o'tamiz, 2021 yilda Dolomitli Alplar markazida joylashgan Kortina-d’Ampecco tarixda beshinchi marta tog' chang'isi bo'yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Dam olish maskanida ushbu sport turi bo'yicha ayollar o'rtasida Jahon kubogi bosqich bahslari ham muntazam o'tkazib turiladi. 2026 yilgi qishki Olimpiya o'yinlari Kortina-d’Ampecco va Milan shaharlarida bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing