So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

17 may 14:39
Yangiliklar

Boks/MMA

Andijonda Olimpiada chempionining boks maktabi ish boshladi

Olimpiada chempionining boks maktabi ish boshladi.

Xabaringiz bor, joriy yilning 19 mart va 3 aprel kunlari Prezidentimiz raisligida yoshlar talim-tarbiyasi uchun qo'shimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o'z ichiga olgan 5 ta tashabbusni amaliyotga joriy etish masalalari bo'yicha yig'ilish o'tkazilib, vazifalar belgilab berilgan edi.

Xususan, davlatimiz rahbari tomonidan hududlarda mashhur sportchilar maktablarini tashkil etish orqali yoshlarni ommaviy sportga jalb etish bo'yicha ko'rsatmalar berilgan edi.

SHunday muassasalardan biri sifati Andijon viloyati Bo'z tumanidagi 6-umumtalim maktabida 2000 yilgi Olimpiya o'yinlari chempioni, jahon chempioni, ikki karra Osiyo chempioni Muhammadqodir Abdullaev boks maktabi tashkil etildi.

Boks maktabi yoshlarning boks bilan shug'ullanishlari uchun barcha zarur jihozlar bilan taminlandi. Yoshlarga ushbu sport turi sir-asrorlarini o'rgatish uchun malakali mutaxassislar jalb qilindi.

15 may kuni o'tkazilgan muassasaning ochilish marosimida Olimpiya o'yinlari va jahon chempioni Muhammadqodir Abdullaev, boks bo'yicha jahon chempioni va Olimpiya o'yinlari sovrindori O'tkirbek Haydarov, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyat hokimligi mutasaddilari, o'quvchi-yoshlar va boshqalar ishtirok etishdi.

Ochilish marosimida so'zga chiqqan Muhammadqodir Abdullaev yurtimizda sportga qaratilayotgan etibor kundan-kunga ortib borayotgani va yoshlarimiz shug'ullanishlari uchun zarur sharoitlar yaratilayotganini takidlar ekan ushbu muassasa ham tuman yoshlarining bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish hamda bo'lg'usi chempionlarni tayyorlash niyatida tashkil etilganligini malum qildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing