So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

25 may 10:11
Yangiliklar

Sport kurashlari

Andijonda yunon-rum kurashi bo'yicha xalqaro turnir o'tkazildi FOTOGALEREYA

Andijon shahrida sobiq kurashchi Akmalxo'ja Rahimov xotirasiga bag'ishlangan birinchi xalqaro turnir bo'lib o'tdi.

Andijon Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining yopiq arenasida tashkil etilgan mazkur musobaqada o'zbekistonlik kurashchi polvonlardan tashqari Qirg'iziston, Qozog'iston, Tojikiston va Rossiya davlatidan kelgan sportchilar gilamga chiqishdi. 

Musobaqaning ochilish marosimida Andijon viloyati yoshlar siyosati va sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig'i O'tkirbek Toshpo'latov so'zga chiqib, Akmalxo'ja Rahimovni xotirladi va uning oila azolariga sportni rivojlantirish yo'lida qo'shayotgan xissasi uchun minnatdorchilik bildirgan xolda ishtirokchilarga omad tiladi.

SHundan so'ng katta monitor orqali musobaqa ishtirokchilariga Akmalxo'ja Rahimovning xotirasiga bag'ishlangan video rolik taqdim etilib, uning sportdagi faoliyati haqida qisqacha malumot berildi. 

Sport ustasi, milliy toifadagi hakam Akmalxo'ja Rahimov 1965 yil Andijon shaxrida tug'ilgan. Yoshligida boshqa tengqurlaridan farqli ravishda Akmalxo'ja sportning yunon-rum kurash turiga qiziqqan va 10 yoshidan ushbu yakkakurash turi bilan shug'ullana boshlagan. 

Kurashchi sifatida sobiq ittifoq davrida 1983 yil yoshlar o'rtasida spartakiada g'olibi, shuningdek bir necha karra O'zbekiston chempionati g'olibi sifatida ham etirof etilgan. Rossiyaning Omsk shahridagi oliygohda taxsil olib yurgan davrida ham sport bilan hamnafas bo'lib, bir nechta chempionatlarda sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritgan.

1991 yil sportchilik faoliyatini yakunlab, malum muddat sog'ligini tiklash bilan band bo'lgan. 1996 yildan 2002 yilga qadar murabbiy sifatida ish olib borgan. O'tgan davr mobaynida  davomida 100 dan ortiq shogirdlarini etishtirib chiqargan. 

Madaminov Muhammadumar, Xoshimbekov Nurbek, Abdusalomov Hayitboy, Mamasoliev Abror kabi ko'plab kurashchi sportchilar aynan murabbiy Akmalxo'ja Rahimov qo'li ostida Osiyo va jahon chempionatlarida ishtirok etib, shohsupaga ko'tarilgan. 

Ochilish marosimi yakuniga etgach, tashkilotchilar mehmonlarni bir piyola choyga taklif qilishdi. G'olib va sovrindorlarga homiylar tomonidan smart televizor, changyutgich, maxsus medal, statuetka va diplomlar topshirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing