So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

01 okt 09:10
Yangiliklar

Engil atletika

Andrey Abduvaliev sport rahbariyati bilan majlisda: “Radzivil 2 metrga sakrashga tayyor edi”

Malum qilganimizdek, ayni kunlarda poytaxtimizda engil atletika bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasida Markaziy Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda.

Uning doirasida O'zbekiston engil atletika federaciyasining Tokio-2020 yakunlari va yangi Olimpiada cikli uchun strategik rejalari muhokama qilindi.

Federaciya binosida o'tgan yig'ilishda MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov, Turizm va sport vazirining o'rinbosari Avaz Karimov, Qo'mita raisining o'rinbosari SHerzod Tashmatov, O'zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov, Andrey Abduvaliev boshchiligidagi O'zbekiston engil atletika federaciyasi mutasaddilari, murabbiy va hakamlar ishtirok etishdi.


Taqdimot avvalida so'nggi yillar yurtimizda yo'lga qo'yilgan “Save Aral” va “Navruz” xalqaro marafonlari sabab hamyurtlarimiz orasida sportning yanada ommaviylashgani alohida takidlandi. SHundan so'ng Tokio sarhisobi va yangi rejalar muhokamasiga o'tildi.


“Tokio-2020 ciklida Olimpiada normativlari juda baland belgilandi. SHu bois o'zimiz 6-9 orasidagi yo'llanmani mo'ljallayotgan edik. To'g'ri, Rio-2016 bilan solishtirganda (16 ta) bu juda kam. Hozir terma jamoada avlodlar almashinuvi kechayotgani bois muammolar uchrab turibdi. Atletlarimiz orasida Svetlana Radzivildan umidimiz katta edi. Tayyorgarlik davridan keyin uning 2 metrga sakrashiga ham ishongandik. Biroq musobaqaga qisqa fursat qolganda kelgani, natijada iqlim va vaqt mintaqasiga to'liq moslasha olmagani unga pand berdi”, – dedi Andrey Abduvaliev.

Yig'ilish davomida har bir sportchimizning ishtiroki birma-bir ko'rib chiqilib, xato va kamchiliklar muhokama qilindi. Federaciya raisining malum qilishicha, Parij-2024 ciklining dastlabki davri uchun 40 nafarga yaqin sportchi saralab olingan. Suhbatda ularning bo'lajak Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritish imkoniyatlari, buning uchun kerakli sharoitlarni yaratish bo'yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing