So’nggi yangiliklar

12:59Бироздан сўнг Astana Grand Slam турнирига қуръа ташланади 0 12:38Спортчилар ижтимоий тармоқларда 0 12:17"Реал" — "Бавария" учрашувининг "man of the match" соҳиби маълум. У дубль муаллифи эмас! 0 11:56Рим "Мастерс". Монфис, Шаповалов, Шварцманда мағлубият ҳамда ёмғирли куннинг бошқа натижалари 0 11:35WBC кечаги вазият учун Жермелл Чарлони чемпионлик камаридан маҳрум қилди 0 11:14Элина Аванесян Рим WTA 1000 турнирида матчболдан чиқиб кетди 0 10:53Райан Гарсиянинг допинг билан боғлиқ вазиятида муҳим янгилик! 0 10:32Томас Тухель: "Бу футбол қоидаларининг очиқчасига бузилиши" 0 10:11Расман. UFC 302 турниридан ўрин олган навбатдаги жанг тасдиқланди + ПОСТЕР 0 09:50Superbet Poland Rapid & Blitz. Нодирбек Абдусатторов пешқадамлар сафида + ФОТО 0 09:29Расман. UFC гангстерларининг боксдаги жанги санаси ўзгарди 0 09:08Матиас Де Лигт: "Шармандалик! Қанот ҳаками менга "кечир, хато қилдим", деди" 0 08:47АҚШда Исроил Мадримовнинг Теренс Кроуфордни мағлуб этишига шубҳа қилишмоқда 0 08:26Нигина Абдураимовада кутилган натижа 0 08:05Жермелл Чарло маст ҳолда автомобил бошқаргани учун ҳибсга олинди 0

24 noy 12:30
Yangiliklar

Paralimpiya

Ar-Riyodda Osiyo Paralimpiya qo'mitasining 32-Ijroiya kengashi yig'ilishi o'z ishini boshladi

Teglar :  Paralimpiya
Osiyo Paralimpiya qo'mitasi vice-prezidenti - O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida boshlangan Osiyo Paralimpiya qo'mitasining (APC) 32-Ijroiya kengashi yig'ilishida ishtirok etmoqda.

Dastlabki kun dasturiga ko'ra, Ijroqo'm azolari 2021- va 2022-yillardagi moliyaviy hisobotlar, 2023-yil uchun ichki hisobot va 2024-yilgi byudjet masalalari, shuningdek tashkilotga azolik badallari, strategik rejani yangilash, o'tgan vaqt mobaynida Osiyo Paralimpiya qo'mitasi hamda Milliy paralimpiya qo'mitalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisobi muhokama qildi.

Bundan tashqari, yig'ilish davomida bo'lajak Parij-2024 yozgi Paralimpiya o'yinlari, Toshkent-2025 Yoshlar o'rtasida Para Osiyo o'yinlari hamda 2026-yilgi Aichi-Nagoya shaharlarida o'tadigan Para Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik ishlari haqida ham so'z bordi.

Malumot o'rnida Ar-Riyod shahri 28 noyabr sanasiga qadar quyidagi tadbirlarga mezbonlik qiladi: 

23-24 noyabr - APC Ijroqo'm yig'ilishi.

25-26 noyabr - APC konferensiyasi.

27-28 noyabr – Bosh Assambleya.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing