So’nggi yangiliklar

16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0

05 sen 14:46
Yangiliklar

Boshqalar

Armrestling. Terma jamoamiz Jahon chempionatida 25 ta medal qo'lga kiritdi FOTOGALEREYA

Qozog'istonning Almati shahri 24 avgustdan 3 sentyabrga qadar armrestling bo'yicha jahon chempionatiga mezbonlik qildi.

O'smirlar, yoshlar va kattalar o'rtasida o'tkazilgan dunyo birinchiligida sayyoramizning 51 davlatidan qo'l sporti ustalari medallar yo'lida bahs olib borishdi. Jahon chempionatida Qurbon Konishev boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi azolari yurtimiz sharafini himoya qildilar. 

Kichik o'smirlar (15 yoshgacha) o'rtasidagi bellashuvlarda hamyurtlarimizdan SHahzoda Begimova (70 kg) o'ng qo'l mashqida oltin, chap qo'lda esa kumush medalni qo'lga kiritdi. O'smirlar (18 yoshgacha) bahsida qatnashgan Odamboy SHavkatov (+90 kg) chap qo'lda oltin medalga ega chiqdi. 

Yoshlar (23 yoshgacha) o'rtasidagi musobaqada Yarashboy Yo'ldoshev (60 kg) chap qo'lda bronza, Nazokat Solieva (70 kg) chap va o'ng qo'llarda 2 ta oltin, SHoxruh O'ktamov (75 kg) o'ng qo'lda kumush, chap qo'lda esa bronza, Siroj Tursunov (85 kg) o'ng qo'lda bronza, Oydinxon Sultonova (60 kg) chap va o'ng qo'llarda 2 ta bronza, Dilshod Mardonov (70 kg) chap qo'lda bronza, Umidjon Ermatov (55 kg) esa chap qo'lda bronza medaliga sazovor bo'ldi. 

Kattalar o'rtasidagi bahslarda Zoxir Fayzullaev (55 kg) o'ng qo'lda bronza, Nazokat Solieva (70 kg) chap va o'ng qo'llarda 2 ta oltin medalni terma jamoamiz hisobiga qo'shib qo'ydi. 

Faxriylar (40 yosh va undan yuqori) bellashuvida Dmitriy Dokuchaev (80 kg) chap va o'ng qo'lda 2 ta oltin, 50 va undan yuqori yoshdagilar musobaqasida qatnashgan Sulton Nematullaev (80 kg) chap va o'ng qo'llarda 2 ta oltin medal bilan taqdirlandi. 

Jismoniy imkoniyati cheklangan sportchilar bahsida Umiljon Ahmedov (90 kg) o'ng qo'lda bronza, Qudrat Toshboev (100 kg) chap va o'ng qo'lda 2 ta kumush, SHerzod Saidov (65 kg) chap va o'ng qo'lda 2 ta oltin medalni qo'lga kiritdi. 

SHu tariqa, O'zbekiston armrestling terma jamoasi 12 ta oltin, 4 ta kumush, 9 ta bronza, jami 25 ta medal bilan jahon chempionatida ishtirok etgan 51 davlat orasida umumjamoa hisobida uchinchi o'rinni egalladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing