So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

20 sen 22:15
Yangiliklar

Tennis, Og'ir atletika, Taekvondo, Boshqalar, Tadbirlar, Muaytay, Ot Sporti

Ashxobod-2017. O'zbekistonlik sportchilarning ishtiroklaridan onlayn yakunlandi

Bugun Ashxobodda bo'lib o'tayotgan yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlarida ishtirok etadigan sportchilarning ishtiroklari haqidagi malumotlarni ushbu sahifa orqali onlayn tarzda kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.


22:22. SHu tariqa bugungi kundan onlayn translyaciyamizni yakunlaymiz. Kun yakunlariga ko'ra medallar jamg'arish bo'yicha kuchli o'nlik quyidagicha ko'rinish oldi:



22:00. Doston Yoqubov og'ir atletikada kumush medal sohibiga aylandi!


21:35. Og'ir vaznli sportchimiz SHerzodjon Rahimov turkmanistonlik Ahal Ballarovni 5:3 hisobida mag'lub etib, chempionlikni qo'lga kiritdi!


21:20. Futzalchilarimiz kutilmaganda afg'onistonlik raqiblariga 2:4 hisobida mag'lubiyatga uchradilar...


21:15. Islomjon Qo'ldoshev mezbon sportchi Seydi Batirovga 2:5 hisobida yutqazdi. Kumush!


21:12. Obidali Mavlonov turkmanistonlik sportchi Ovazgeldi Berdievni 7:1 hisobida mag'lubiyatga uchratib, oltin medalni qo'lga kiritdi!


21:07. Eldor Nematov qozog'istonlik raqibiga 3:7 hisobida mag'lubiyatga uchradi va kumush medal sohibiga aylandi.


21:00. Belbog'li kurash. Bizda oltin medal: Husniddin Ro'ziev - Hangeldi Allakov (Turkmaniston) 8:1


19:02. -65kg bahslarda ishtirok etgan kurashchi qizimiz Dilafruz Mamajonova ham finalda mezbonlar vakili Gulnar Haytbaevaga 2:7 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Yana bir kumush medal...


18:15. SHahzoda Ergashevadan kumush medal. -50kg vazn toifasida gilamga chiqadigan kurashchimiz finalda turkmanistonlik Lachin Badaglievaga 4:8 hisobida yutqazib qo'ydi.


18:01. Belbog'li kurash bahslarida ham birozdan so'ng 7 nafar sportchimiz final janglarida gilamga chiqadilar.


18:00. Ayollar o'rtasida yadro uloqtirish bahslarida Elena Smolyanova ishtirokini boshladi.


17:55. Engil atletika. Dimitriy Melsitov balandlikka sakrash bahslaridagi ishtirokini boshladi.


17:37. Taekvondochimiz Niyoz Po'latov yarim finalda eronlik raqibiga 12:13 hisobida yutqazib qo'ydi va bronza medali bilan kifoyalandi...


17:23. Soat 19:00da boshqa bir og'ir atletikachimiz Doston Yoqubov o'z chiqishini boshlaydi.


17:20. Nabieva 118 kg tosh ko'tarib, umumiy natijasini 212 kg ga etkazib oldi. Bu ko'rsatkich bilan u uchinchi o'ringa ham tushib keta olmaydi va katta ehtimol bilan birinchi o'ringa ham ko'tarila olmaydi.


17:10. Muattar Nabieva hozirgina 110 kg tosh ko'tarib, javdalda birinchi o'ringa chiqib oldi.


16:50. Birozdan so'ng engil atletikachilar o'z ishtiroklarini boshlaydilar.


16:40. Muattar dast ko'tarish bahslarida 94 kg toshni o'ziga bo'ysundira oldi. Ayni paytda u dast ko'tarish natijalariga ko'ra ikkinchi o'rinda ketmoqda.


16:22. Og'ir atletikachimiz Muattar Nabieva bahslarga kirishdi.


16:00. Birozdan so'ng taekvondochimiz Niyoz Po'latov yarim finalda eronlik Xadi Tiranvalipurga qarshi tatamiga chiqadi.


15:40. Niyoz Po'latov esa xitoylik raqibini 17:5 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.


15:19. Taekvondochimiz Umida Abdullaeva eronlik raqibiga 5:10 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi...


14:40. Ayni paytda O'zbekiston delegaciyasi tarkibida 3 ta oltin, 9 ta kumush va 31 ta bronza medali bor. Bu natija bilan biz reytingda oltinchi o'rinni egallab turibmiz. Kun yakunlariga ko'ra hali ko'plab medallar qo'lga kiritilishi kutilmoqda.


14:15. Tennis. Fayziev/Folc juftligi aralash (mikst) bahslarida 6:1, 6:1 hisobida g'alaba qozonib, ikkinchi bosqichga yo'l oldi.


14:05. Yarim finalda mag'lubiyatga uchragan 4 nafar sportchimiz bronza medali sohibiga aylandilar. 7 nafar sportchimiz finalda oltin medal uchun jang qiladi.


14:00. Belbog'li kurash. Yarim finallar:

-65kg: Havasxon Jo'raqo'zieva  - Gulnar Hayatbaeva (Turkmaniston) 0:7

-65kg: Dilafruz Mamajonova - Dinara Xallieva (Turkmaniston) 3:1

-50kg: SHaxzoda Ergasheva - Leila Siyaxvashi (Eron) 3:1

-55kg: Husan Nosirov - Sapa Jumaev (Turkmaniston) 5:6

+100kg: SHerzodjon Rahimov - Mahmad Mirov (Tojikiston) 4:1

-80kg: Eldor Nematov - Yasir Muhammadirostam (Eron) 6:1

+100kg: Odiljon Suyunov - Ahal Ballarov (Turkmaniston) 0:6

-60kg: Fayzulla Ummatov - Medet Xalligurbanov (Turkmaniston) 1:6

-70kg: Husniddin Ro'ziev - Orazmurat Orazmuradov (Turkmaniston) 6:3

-90kg: Obidali Mavlonov - Ersultan Muzapparov (Qozog'iston) 5:0

-100kg: Islomjon Qo'ldoshev - Bekbol Nurlanuli (Qozog'iston) 3:1


13:00. Farrux Do'stov indoneziyalik raqibini 6:4, 6:4 hisoblarida mag'lubiyatga uchratib, chorak finalga yo'l oldi. Endi u navbatdagi bosqichda qozog'istonlik Denis Evseevga qarshi o'ynaydi.


12:50. Belbog'li kurash. Hozircha yarim finalga yo'l olgan sportchilarimiz:

-50kg: SHahzoda Ergasheva

-65kg: Havasxon Jo'raqo'zieva

-65kg: Dilafruz Mamajonova



-55kg: Husan Nosirov

-70kg: Husniddin Ro'ziev

-80kg: Eldor Nematov

+100kg: SHerzodjon Rahimov


12:20. Farrux Do'stov birinchi setni 6:4 hisobida o'z foydasiga xal qildi.


12:04. Belbog'li kurash.

Islomjon Qo'ldoshev - Abdusalom Salomov (Tojikiston) 6:0

Abdurasul Xabibullaev - Medet Xaligurbanov (Turkmaniston) 0:6

SHahzoda Ergasheva - Greys Loberens (Filippin) 6:1

Sabohat SHeralieva - Sarango Ganbold (Mo'g'uliston) 1:5


12:00. Futzalchilarimiz bugun soat 19:00da Afg'oniston terma jamoasiga qarshi to'p tepishlarini ham eslatib o'tamiz.


11:50. -81kg vazn toifasida jang qiladigan muaytaychimiz Ubbiniyoz To'raniyozov bugun yarim finalda qozog'istonlik Emil Umaevga qarshi ringga chiqadi. Uning jangi kechki payt, taxminan 17:00 lardan so'ng bo'lib o'tishi kutilmoqda.


11:45. Belbog'li kurash. Musobaqalarda ishtirok etayotgan sportchilarimiz hozircha quyidagicha natija qayd etishdi.

Mo'ydinova Manzuraoy - Maryam (Pokiston) 7:0

Ismatova Gulmira - Nasiba Surkieva (Turkmaniston) 0:3

Ro'ziev Husniddin - Alramxo'ja Toshmurotov (Tojikiston) 5:0

Mamajonova Dilafruz - Sahar G'anizodahara (Eron) 7:2

Mashrapov Ilhomjon - Muhammadg'ufron Toshzoda (Tojikiston) 7:0

Mavlonov Obidali - Kristof Xofmann (Filippin) 5:0


11:30. Do'stovning indoneziyalik raqibiga qarshi o'yini boshlandi.


11:17. Tennis. Bugun shuningdek aralash bahslarda Fayziev/Folc juftligi fijilik Singh/Kumar hamkorligiga qarshi bahs olib boradilar.


11:10. Belbog'li kurash. Klassik uslubda bahslarda janglar boshlanmoqda. Bugun ham ushbu sport turida ko'plab yurtdoshlarimiz ishtirok etadilar.



11:04. Ikki nafar taekvondochimiz chorak finalga yo'l oldi. Umida Abdullaeva butanlik raqibini 27:1 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, Niyoz Po'latov guamlik raqibidan 22:2 hisobida ustun keldi.


11:00. Birozdan so'ng Farrux Do'stov ikkinchi bosqich doirasida indoneziyalik David Susantoga qarshi kortga chiqadi.


Bugun sportchilarimiz engil atletika, belbog'lik kurash, futzal, tennis, taekvondo, muaytay, kurash kabi sport turlarida o'z chiqishlari bilan ishtirok etadilar.

Reyting: +3   

Fikrlar

+1   
20 sen 21:36:16
donik
ukam Husan Nosirov bu safar ham bronza sohibi boldi tabriklayman keyingi oyinlarda omad tilab qolaman
+1   
20 sen 21:34:37
donik
Husniddin Roziyevni oltin medal bn tabriklaymiz yawasin o'zbeklar
+1   
20 sen 20:58:35
Kuymazor
Hozirgina 2 ta oltin oldik, azizlar! Adminlar uhlavorishdimi deyman...
+1   
20 sen 14:14:29
Is Moi LoVe
Bugungi belbog`li kurashda 4ta BRONZA va 7ta FINAL 11ta medalga ega chiqdik. 7ta finaldan 7ta OLTIN kutamiz! OLG`A O`ZBEKISTON!!!
+1   
20 sen 14:12:57
Is Moi LoVe
-100kg Qo`ldoshev Islomjon FINALDA!
+1   
20 sen 13:25:23
Is Moi LoVe
-70kg Ro`ziyev Husniddin FINALDA!
   
21 sen 09:57:18
donik
bugun qaysi sportchilarimiz oynedi nega jadval chiqarmadizlar
   
20 sen 23:39:42
Ангрен
Is Moi LoVe foydalanuvchining fikriga javob berish
OLTIN medallaram bo`larkanu!!! Yo`ldosheva Raxima kurashdan 1-o`rin!!!
Яна бир курашчимиз медал ололмадими дустим?
   
20 sen 22:31:31
Shahzod Xojayli
Bugun yaxshi ishladingiz adminlar KATTA RAXMAT sog'-salomat bolinglar ishlaringizga omad va zafarlar tilayman. Is Moi LoVe sizga xam KATTA RAXMAT dostim
   
20 sen 20:52:30
Is Moi LoVe
Afsus Ne`matov Eldordan ham kumush
   
20 sen 20:49:38
Is Moi LoVe
O`zbekiston yedi Afg`onistondan!!! 2:4 Pazor! Pazor!
   
20 sen 20:40:01
Is Moi LoVe
Yana bitta OLTIN!!! Ro`ziyev Husniddin!!!
   
20 sen 20:36:46
Is Moi LoVe
og`ir atletika. Doston Yoqubovda ham KUMUSH medal
   
20 sen 20:34:13
Murod 7707
Futzalda yutqizyotgan ekanmiz ? Nma bolyapti
   
20 sen 20:28:47
Is Moi LoVe
Haydarov Marat ko`pkurashda BRONZA
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing