So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

21 sen 20:37
Yangiliklar

Tennis, Engil atletika, Og'ir atletika, Taekvondo, Boshqalar, Tadbirlar, SHaxmat, Ot Sporti

Ashxobod-2017. O'zbekistonlik sportchilarning ishtiroklaridan onlayn yakunlandi.

Ashxobodda bo'lib o'tayotgan Osiyo chempionatida ishtirok etadigan sportchilarimizning ishtiroklarini onlayn ravishda ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.


Sportchilarimizning bugungi kundagi ishtiroklaridan onlayn translyaciya yakunlandi.


20:35. SHaxmat. Gulruhbegim Tohirjonova BAAlik raqibini mag'lub etdi.


20:33. SHahzod Hudoyberganov o'z vazn toifasida kumush medal sohibiga aylandi. Sportchimizni tabriklaymiz!


20:30. Og'ir atletikachimiz medalga yaqin. Unga omad tilaymiz!


20:24. Kumush raqibini 10:0 hisobida mag'lub etdi va hisobimizga O'NINCHI OLTIN MEDALni qo'shib qo'ydi!


20:20. Futzalchilarimiz Xitoy terma jamoasi bilan 4:4 hisobida durang o'ynadilar...


20:05. SHaxmat. Jahongir Vohidov qatarlik raqibi bilan durang o'ynadi. 0,5 - 0,5...


20:04. Og'ir atletikachimiz SHahzod Xudoyberganov o'z chiqishini namoyish etmoqda. Dast ko'tarishdan so'ng vakilimiz 155kg natija bilan ikkinchi o'rinni egallab turibdi.


20:02. Nihoyat so'nggi jang! Kumush Yo'ldoshovadan ham oltin kutamiz.


20:00. Jadvalda to'rtinchi o'ringa ko'tarildik!


19:58. Kamoliddin Rasulovda ham oltin medal!!!! Bu bizning to'qqizinchi oltin medalimiz!


19:38. Yana ikki nafar kurashchimiz ishtirokidagi final bizni kutmoqda. Oz qoldi. Kutamiz!


19:22. Kurash. Davlat Abraev raqibini mag'lubiyatga uchratdi! BIZDA SAKKIZINCHI OLTIN MEDAL!


19:20. Futzalchilarimiz esa xitoyliklar bilan 1:1 hisobida durang qayd etmoqdalar.


19:18. 3x3 basketbolda Qirg'iziston terma jamoasi azolariga 18:21 hisobida mag'lub bo'ldik...


19:15. Davlat Abraev final jangiga chiqib kelmoqda! OLG'A!


19:00. Qozoq kurashi bahslarida qatnashayotgan sportchilarimiz o'z ishtiroklarini yakunladilar.


18:52. -78kg vazn toifasida gilamga chiqayotgan kurashchimiz Kumush Yuldashova turkmanistonlik raqibini mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l oldi. U oltin olish uchun Xitoy Taypeyidan tashrif buyurgan sportchi CHia Jing Kaoni mag'lub etishi lozim bo'ladi.


18:45. -81kg vazn toifasidagi polvonimiz Kamoliddin Rasulov turkmanistonlik Muhammed Temirovni 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, finalga chiqdi. Endi u finalda Xitoyo Taypeyi vakiliga qarshi jangn qiladi.


18:40. Qozoq kurashida SHahobiddin Sangilov hindistonlik raqibini mag'lubiyatga uchratib chorak finalga chiqdi.


18:38. Reytingda beshinchi o'ringa pastladik... Xitoy terma jamoasi ham bizdan oldinga o'tib oldi. Oltin medal kerak!


18:32. -70kg vazn toifasida gilamga chiqqan sportchimiz Gavhar Hudoyqulova turkmanistonlik Mariya Loxovaga imkoniyatni boy berib qo'ydi va yakunda bronza medali bilan kifoyalanadigan bo'ldi.


18:25. -73kg vazn toifasidagi kurashchimiz Davlat Abraev eronlik Omid Tiztakni 10:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l oldi. U finalda tojikistonlik kurashchi Buhruzi Xo'jazodaga qarshi gilamga chiqadi.


17:50. Osiyo o'yinlarida 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo'lga kiritgan engil atletikachilarimiz bugun O'zbekistonga qaytadilar.


17:30. Tennis. Karimjonova/Kim juftligi filippinlik raqiblariga 4:6, 3:6 hisoblarida yutqazib qo'ydi.


17:20. Kurash bo'yicha yarim finallarda ishtirok etadigan sportchilarimiz:

-73kg: Davlat Abraev - Omid Tiztak (Eron)

-81kg: Kamoliddin Rasulov - Muhammet Temirov (Turkmaniston)

-70kg: Gavhar Hudoyqulova - Mariya Loxova (Turkmaniston)

-78kg: Kumush Yuldashova - Orazgul Seyidova (Turkmaniston)

Janglar 18:00dan so'ng boshlanadi.


17:00. Ayni shu paytda O'zbekiston terma jamoasi reytingda to'rtinchi o'rinda bormoqda. Taylandliklar ikkita oltin evaziga bizdan o'tib ketishdi. Ayni paytda terma jamoamiz sportchilari hisobida 7 ta oltin, 16 ta kumush va 35 ta bronza medali mavjud.


16:52. Taekvondoda yana bir bronza medali. SHuhrat Salaev yarim finalda Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan sportchi Kangeun Seoga 11:19 hisobida yutqazib qo'ydi.


16:35. Tennis. Karimjonova/Kim juftligi filippinlik raqiblariga qarshi o'ynamoqdalar. Birinchi set raqiblar foydasiga 6:4. Ikkinchi set boshlandi!


16:25. Endi qozoq kurashini ko'ramiz. Ushbu sport turida ikki sportchimiz ishtirok etadi. Soat 18:00dan keyin boshlanadigan bahslarda SHahobiddin Sangilov hindistonlik polvonga qarshi, Odiljon Suyunov esa tojikistonlik raqibiga qarshi gilamga chiqadi.


16:15. Birozdan so'ng taekvondochimiz SHuhrat Salaev final yo'llanmasi uchun janubiy koreyalik Kangeun Seoga qarshi tatamiga chiqadi.



15:50
.SHaxmatchilarimiz ikkinchi o'yinni boshladilar:

Gulruhbegim Toxirjonova - Sarasadat Hademalshareix (Eron)

Jahongir Vohidov - Aziz Husayn Nezad (Qatar)

Nodira Nodirjonova - CHen Zu (Qatar)

Alisher Begmurodov - Jasim Alhuar (BAA)


15:29. Sanjar Fayziev va Farrux Do'stov pokistonlik tennischilar juftligini 6:1, 6:1 hisoblarida mag'lub etdilar.


15:15. Taekvondochimiz SHuhrat Salaev xitoylik raqibini 17:13 hisobida mag'lub etib yarim finalga yo'l oldi.


14:00. Tennischilarimizdan tashkil topgan Fayziev/Do'stov juftligi pokistonlik raqibga qarshi bahsni boshladilar.


13:28. Boulingchilarda esa axvol chatoq. Erkaklar o'rtasidagi bahslarda Baxtiyor Dalaboev 12, Ravshan Abdusamadov esa 24-o'rinni egalladi. 32 nafar sportchi ichida!


13:15. Grossmeyster Jahongir Vohidov tojikistonlik Alisher Karimovni 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.


12:54. Bugun juftlik bahslarida Fayziev/Do'stov hamkorligi pokistonlik raqiblarga qarshi kortga chiqadilar.


12:50. Sanjar Fayziev eronlik raqibini 6:2, 6:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, chorak finalga yo'l oldi.


12:32. SHaxmatchi Alisher Begmurodov Yui Vangga 0:1 hisobida yutqazib qo'ydi.


12:27. Sanjar Fayziev birinchi setni o'z foydasiga hal qildi.


12:15. Jahongir Vohidov va Alisher Begmurodov kabi shaxmatchilarimiz ham ayni paytda raqibga qarshi dona surmoqdalar.


12:05. SHaxmatchimiz Nodira Nodirjonova maldivlik raqibini 1:0 hisobida mag'lub etib, ikkinchi bosqichga yo'l oldi.


12:02. Sanjar Fayziev eronlik Madanchiga qarshi o'yinini boshladi.


12:00. Kurash. Davlat Abraev, Gavhar Hudoyqulova, Kamoliddin Rasulov, Kumush Yuldashova kabi kurashchilarimiz yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdilar.


11:55. Taekvondo. SHuhrat Salaev eronlik Salar Vahidini 17:15 hisobida mag'lubiyatga uchratib, chorak finalga chiqdi. Endi u yarim finalga chiqish uchun Xitoy vakili Guodong Songga qarshi tatamiga chiqadi.


11:47. Tennischimiz Yuliya Kim qozog'istonlik Aleksandra Grinchishinaga 6:0, 3:6, 2:6 hisobida yutqazib qo'ydi.


11:30. Ot sporti. Bahromjon Gaziev bahslardan chetlatildi. Sababi biz uchun hozircha nomalum.


11:26. Taekvondo. -68kg vazn toifasidagi sportchimiz SHuhrat Salaev Vanatau mamlakati vakili Freddi Saksakni 42:6 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.


11:23. Kurashchilarimiz juda yaxshi ishtirok etishmoqda. Davlat Abraev, Gavhar Xudoyqulova, Kumush Yuldashevalar ilk janglarida g'alaba qozonib, keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdilar.


11:18. SHaxmatchimiz Gulruxbegim Toxirjonova birinchi bosqich o'yinini o'tkazdi. Ushbu bahsda u BAA vakili Vadima Xumaidni 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.


11:11. Futzalchilarimiz soat 18:00da Qirg'iziston terma jamoasiga qarshi parketga chiqadilar.


11:00. Bugun Ashxoboddagi Osiyo o'yinlarida O'zbekiston delegaciyasi sportchilari quyidagi sport turlarida ishtirok etadilar:

3x3 basketbol: O'zbekiston - Qirg'iziston
Kurash
Belbog'li kurash
Bouling
SHaxmat
Ot sporti
Futzal: O'zbekiston - Xitoy
Tennis
Taekvondo
Velosport
Og'ir atletika

Reyting: +3   

Fikrlar

+1   
21 sen 20:22:37
Is Moi LoVe
Ana yana bitta OLTIN medal!!! Barakalla Kumushxon!!!
+1   
21 sen 19:55:52
Is Moi LoVe
OLTIN bola KAMOLDIN!!!!
+1   
21 sen 19:19:11
Is Moi LoVe
OLTIIIIIIIIIIIIIIN!!!!!!!!!!!! Abrayev Davlat!!!! Yashavor erkak
+1   
21 sen 18:57:43
Is Moi LoVe
O`zbek kurashida 6ta finalni 4tasida Xitoy Taypeliklar, 3tasida o`zbeklar... Bu Xitoy kurashi shekilli
+1   
21 sen 18:49:50
Is Moi LoVe
3-finalchi Yuldasheva Kumush
+1   
21 sen 18:37:20
Ангрен
Миллий курашда хам голиб була олмасак бу шармандали холат. Аслида миллий курашда хеч кимга имкон бермаслигимиз керак эди. Аммо, лекин, бирок..
+1   
21 sen 18:34:31
Is Moi LoVe
2-si o`xshamadi. Xudoyqulova Gavhar BRONZA
   
21 sen 23:09:41
Абдуллох
Бу осиё уйинлари факат туркманла учунми риода олтин уёкда турсин битта бронза хам оломовди каттан шунча олтин
   
21 sen 21:41:26
Shahzod Xojayli
Adminlar katta raxmat ishingizga omad tilayman charchadanglar
   
21 sen 21:06:50
Shoberdiyev
1 Turkmenistan Turkmenistan 58 42 43 143
2 Thailand Thailand 13 12 14 39
3 Islamic Republic of Iran Islamic Republic of Iran 13 9 27 49
4 Uzbekistan Uzbekistan 10 17 36 63
5 People's Republic of China People's Republic of China 9 8 8 25
6 Kazakhstan Kazakhstan 8 12 15 35
7 Vietnam Vietnam 5 6 9 20
8 United Arab Emirates United Arab Emirates 5 4 7 16
9 India India 5 4 4 13
10 Republic of Korea Republic of Korea 4 3 5 12
11 Chinese Taipei Chinese Taipei 4 3 3 10
12 Mongolia Mongolia 3 5 7 15
13 Hong Kong, China Hong Kong, China 3 0 4 7
14 Kyrgyzstan Kyrgyzstan 2 9 17 28
15 Philippines Philippines 2 7 7 16
16 Saudi Arabia Saudi Arabia 2 4 2 8
17 Pakistan Pakistan 2 2 14 18
18 Qatar Qatar 2 1 2 5
19 Iraq Iraq 2 0 5 7
20 Jordan Jordan 1 2 9 12
21 Sri Lanka Sri Lanka 1 2 1 4
22 Afghanistan Afghanistan 1 1 6 8
23 Bahrain Bahrain 1 0 1 2
Syrian Arab Republic Syrian Arab Republic 1 0 1 2
25 Tajikistan Tajikistan 0 2 18 20
26 Malaysia Malaysia 0 1 0 1
Marshall Islands Marshall Islands 0 1 0 1
28 Indonesia Indonesia 0 0 6 6
29 Lebanon Lebanon 0 0 3 3
30 Australia Australia 0 0 2 2
31 Japan Japan 0 0 1 1
Singapore Singapore 0 0 1 1
   
21 sen 20:58:24
Ангрен
Бугунги кун ун админларга алохида минатдорчилик билдириб коламиз, мухлислар номидан.
   
21 sen 20:41:18
Is Moi LoVe
Ангрен foydalanuvchining fikriga javob berish
Козок курашидан козоклар нечта олтин олишар экан энди? Козок кураши нима булебти? Билганлар маълумот берворийлар.
Qazaq kurashdan 2tasi finalga chiqqan holos
   
21 sen 20:39:24
Is Moi LoVe
Shoberdiyev foydalanuvchining fikriga javob berish
Futzal nima bo'ldi
Futzalimi o`lganu kecha bilmadizmi? Bugunam 4:4 bo`ldi Xitoy bilan
   
21 sen 20:38:45
Is Moi LoVe
Og`ir atletika KUMUSH medal!!! To`g`risi 1-o`rinni olgan turkman siltab ko`tarishda 3ala imkoniyatda ham xatoga yo`l qo`ydi. Lekin hakamlar yon bosdi
   
21 sen 20:30:25
Ангрен
Козок курашидан козоклар нечта олтин олишар экан энди? Козок кураши нима булебти? Билганлар маълумот берворийлар.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing