So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

26 sen 21:15
Yangiliklar

Kurash, Boshqalar, SHaxmat, Futbol, Kikboksing

Ashxobod. O'zbekistonlik sportchilarning ishtiroklaridan onlayn yakunlandi

Ashxobodda bo'lib o'tayotgan Osiyo chempionatida qatnashayotgan sportchilarimizning ishtiroklarini onlayn ravishda ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.


21:17. SHu tariqa bugungi onlaynimiz yakunlandi. Etiboringiz uchun rahmat.


21:14. Og'ir vaznli kurashchimiz Mo'minjon Abdullaev bronza uchun bahsda tojikistonlik Suhroj Azizovni mag'lubiyatga uchratdi va bronza medalini qo'lga kiritdi.


20:49. Futzalchilarimiz 1:7 hisobida yutqazdilar va navbatdagi kumushni O'zbekiston delegaciyasi hisobiga qo'shib qo'ydilar.


20:20. Kikbokchimiz Javohir Elboev ham finalda eronlik raqibiga yutqazib qo'ydi. Yana kumush...


19:54. Kurashchimiz Nurbek Hoshimbekov afsuski bronza uchun jangda yutqazib qo'ydi...


19:45. Samboda so'nggi jangimiz. Sanjar Nematov qozog'istonlik raqibidan ustun keldi va bronza medalini qo'lga kiritdi.


19:30. Futzal terma jamoamizning o'yinidan matnli translyaciyani quyidagi sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi > > > "Ashxobod-2017". Final. Eron - O'zbekiston LIVE


19:22. Afsuski futzalchilarimiz dastlabki daqiqalardayoq gol o'tkazib yubordilar... 0:1.


19:20. Futzalchilarimiz boshlashdi. Omad!


19:16. Sambo. Ulug'bek Rahmonov qirg'izistonlik Pavel Goncharovdan ustun keldi. Navbatdagi bronza.


19:00. Kurashchimiz Aram Vardanyan bronza uchun jangda qirg'izistonlik Ruslan Carevni mag'lub etdi va yana bir bronzani O'zbekiston delegaciyasi hisobiga qo'shib qo'ydi.


18:55. Futzal bo'yicha bahslarda Yaponiya terma jamoasi Afg'onistonni penaltilar seriyasida mag'lubiyatga uchratib, uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Birozdan so'ng bizning azamatlar eronlik raqiblariga qarshi o'yinni boshlaydilar.


18:53. Sambochilarimizdan yana bir bronza. Gulmira Ismatova mo'g'ulistonlik raqibini mag'lubiyatga uchratdi va hisobimizga yana bir medal qo'shib qo'ydi.


18:41. Kikbokschimiz Jahongir Husanov finalda eronlik raqibiga yutqazib qo'ydi. Afsus. Kumush medal...


18:36. Sambochi Zafar Allaberganov qozog'istonlik raqibini mag'lubiyatga uchratib OLTIN MEDAL sohibiga aylandi.


18:33. Rio Olimpiadasi sovrindori Elmurat Tasmuradov xitoylik Jinxin Dongdan ustun keldi. Yana bitta bronza!


18:07. Erkin kurashchilarimiz boshladilar. Islomjon Bahromov turkmanistonlik sportchini mag'lubiyatga uchratib, bronza medalini qo'lga kiritdi.


17:50. Samboda bronzadan quruq qoldik. Jasurbek Hudoyberdiev tojikistonlik Nozimjon Oxirovga yutqazib qo'ydi.


17:27. Kikbokschilar o'rtasida final janglari soat 18:00dan so'ng boshlanadi. Bizning ikki nafar vakilimiz ushbu finallarda qatnashadi. Jahongir Rasulov uchinchi bo'lib ringga chiqadi. Javohir Elboevning jang esa kechaning oltinchi to'qnashuvi hisoblanadi. Ikki sportchimizga ham eronlik kikbokschilar raqiblik qiladilar.


17:23. Sambochi Malikabonu Mirzaevadan bronza. U livanlik Lea Farxatni mag'lubiyatga uchratib, hisobimizga navbatdagi medalni qo'shib qo'ydi.


17:08. Sambo. Tolmas Tukliev afg'onistonlik raqibini mag'lubiyatga uchratib, bronza medalini qo'lga kiritdi.


16:50. Birozdan so'ng sambochilarimiz medallar uchun janglarni boshlaydilar.


15:40. Futzalchilarimizning Eron terma jamoasiga qarshi final o'yini soat 19:00da boshlanadi.


15:10. Saytimizga kecha bahslarda qatnashgan sportchilarimizning ishtirokidan FOTOGALEREYA joylashtirildi. Tomosha qilishingiz mumkin.


Ashxobod. Sambochilarimizning 25 sentyabr kungi ishtiroklaridan FOTOGALEREYA


Ashxobod. Og'ir atletikachi Rustam Djangabaev oltin medal sohibi FOTOGALEREYA


Ashxobod. Erkin kurashchilarimizning ishtirokidan FOTOGALEREYA


Ashxobod. Raqschilarimizning chiqishlaridan FOTOGALEREYA


14:25. Yunon-rum kurashchilarimiz faqat bronza medali uchun jangda ishtirok etadilar.

-59kg: Islomjon Bahromov - Seydilla Tazaev (Turkmaniston)

-66kg: Elmurat Tasmuradov - Jinxin Dong

-71kg: Aram Vardanyan - Ruslan Carev (Qirg'iziston)

-80kg: Nurbek Hoshimbekov - Asxat Dilmuhammedov (Qozog'iston)

130kg: Mo'minjon Abdullaev - Suhroj Azizov (Tojikiston)


14:10. Nurbek Hoshimbekov ham yarim finalda yutqazdi. Exxx...


14:02. Og'ir vaznli sportchimiz Mo'minjon Abdullaev hindistonlik raqibga qarshi jangni 2:2 hisobida yakunladi. Ammo, finalga chiqa olmadi.


13:50. Elmurat Tasmuradov yarim finalda qozog'istonlik sportchiga yutqazib qo'ydi. Afsus...


13:39. Islomjon Bahromov bronza medali uchun bo'lib o'tadigan jangda ishtirok etish huquqini qulga kiritdi.


13:10. Yunon-rum kurashi. Nurbek Hoshimbekov afg'onistonlik sportchini mag'lubiyatga uchratdi va yarim finalga chiqdi.


13:07. Sambo bo'yicha saralash janglari yakunlandi. Ushbu bahslarda faqatgina Zafar Allaberganov finalga chiqdi. Tolmas Tukliev, Malikabonu Mirzaeva, Jasurbek Xudoyberdiev, Gulmira Ismatova, Ulug'bek Rahmonov, Sanjar Nematov kabi sportchilarimiz bronza medallari uchun janglarda ishtirok etadilar.


13:03. Erkin kurashchimiz Aram Vardanyan yarim finalda eronlik raqibiga yutqazib qo'ydi. Endi u bronza medali uchun jang qiladi.


12:55. Elmurat Tasmuradov iroqlik raqibni mag'lubiyatga uchratib, yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.


12:49. Og'ir vaznli kurashchimiz Mo'minjon Abdullaev ham yarim final ishtirokchisiga aylandi. CHorak finalda tojikistonlik raqib mag'lub etildi.


12:24. Aram Vardanyan iroqlik raqibini 5:2 hisobida mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga yo'l oldi.


12:14. Elmurat Tasmuradov turkmanistonlik raqib ustidan 14:8 hisobida g'alaba qozondi.


12:08. Mo'minjon Abdullaev iordaniyalik raqibini 7:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.


11:50. Birozdan so'ng Mo'minjon Abdullaev hamda Elmurat Tasmuradovlar o'z ishtiroklarini boshlaydilar.


11:44. Aram Vardanyan turkmanistonlik sportchiga qarshi jangda 3:3 hisobidagi natijani qayd etdi va keyingi bosqichga yo'l oldi.


11:38. Yunon-rum kurashi. Islomjon Bahromov ilk jangida eronlik raqibga yutqazib qo'ydi...

Bugun Ashxoboddagi Osiyo o'yinlarida o'zbekistonlik sportchilar quyidagi sport turlari bo'yicha musobaqalarda ishtirok etadilar:

SHaxmat
RaqsSport
Futzal
Kikboks
Sambo
Yunon-rum kurashi

Reyting:    

Fikrlar

+2   
26 sen 18:36:51
Is Moi LoVe
OLTIIIIIIIIIIINNNNNNNNN!!!!!!!!!!! Zo`r jang bo`ldi o`ziyam!!! Qozoqni enasini ko`rsatvordi!!! Malades o`g`il bola!!!
+1   
26 sen 12:10:02
Aslanbek
Кузатайликчи "мезбонжон"ларни бугун қандай кўт ўйин қилиб, ғирромлик эвазига медаль олишларини.
   
27 sen 01:37:42
Shahzod Xojayli
Amdin RAXMAT xayrli tun
   
27 sen 00:45:22
Botir
Biz uchun eng rasvo kun shu boldi 1ta oltin medall 1tagina
   
26 sen 20:32:59
Is Moi LoVe
4:1
   
26 sen 20:29:02
Is Moi LoVe
GOOOL 3:1
   
26 sen 20:22:37
Is Moi LoVe
arslon foydalanuvchining fikriga javob berish
ISMOILOVA BORMISZ
Ismoilov!!!
   
26 sen 20:22:18
Is Moi LoVe
O`zbekiston - Eron 0:3... Bu futzal emas kikboksing. So`ngi oltinga umidimiz ham puchga chiqdi. Javoxir Eliboyev KUMUSH medal
   
26 sen 20:10:31
arslon
ISMOILOVA BORMISZ
   
26 sen 19:57:34
arslon
2 taym boshlandimi
   
26 sen 19:55:26
Is Moi LoVe
Zarbalar bo`yicha IRI 6(14)-3(5) UZB
   
26 sen 19:54:06
Is Moi LoVe
1-taym tugadi. IRI 2:0 UZB
   
26 sen 19:52:11
Is Moi LoVe
Qirg`izlarga bugun omad kulyapti. 5ta OLTIN medal olishdi bugunning o`zida
   
26 sen 19:50:16
Is Moi LoVe
Time-Out. IRI
   
26 sen 19:44:55
Is Moi LoVe
Sambo. Oxirgi BRONZA
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing