So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

11 okt 14:49
Yangiliklar

Qilichbozlik

"Aslida ham shundaymi?". Qilichbozlik federaciyasi Olamsport'da chop etilgan material yuzasidan javob berdi

Bundan bir necha kun oldin saytimizda qilichboz Lolita Ziyaxodjaevaning posti asosida material chop etilgandi.

Unda Lolita nima uchun sportni tark etayotgani haqida post qoldirgan va Olamsport.com sayti ushbu postni shundayligicha o'zbek tiliga tarjima qilib, muxlislar hukmiga havola qilgandi. 

O'sha maqola: Nima uchun qilichbozlikdan ketdim? Sportchi norozi va u faoliyatida yuzaga kelgan holatlar haqida malumot berdi


O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi matbuot xizmati ushbu maqola yuzasidan o'z munosabatini bildirdi. Biz ushbu masala yuzasidan ikkinchi tomonning fikrini ham muxlislarga taqdim etamiz. 

"Olamsport.com sayti tahririyati qilichbozlik bo'yicha terma jamoaning sobiq azosi Lolita Ziyoxodjaevaning Instagram ijtimoiy tarmog'idagi o'z kanalida «Men nega sportni tark etdim?» deb yozgan murojaatini "Nima uchun qilichbozlikdan ketdim? O'zbekistonlik sportchi norozi va u faoliyatida yuzaga kelgan holatlar haqida malumot berdi" sarlavhasi ostida elon qilgan edi.

Bazan shunday bo'ladiki, odamning rejalari qulaganda, malum orzular amalga oshmay qolsa, u omadsizlikda aybdorlarni qidira boshlaydi.  Afsuski, faqat ayrim kishilargina asosli fikr yurita oladi, harakatlarini tahlil qiladi, xatolari to'g'risida to'g'ri xulosalar chiqaradi.

Ushbu maqola muallifi qilichbozlikning rapira yo'nalishi bo'yicha milliy terma jamoa azosi, O'zbekiston hamda Markaziy Osiyo chempionatining g'olibi bo'lgan Lolita Ziyaxodjaeva Qilichbozlik federaciyasi va murabbiylari to'g'risida o'z noroziligini bildirgan va afsuski, bir tomonlama yondashuv orqali. 

"– Ikki yil oldin men Lolita Ziyaxadjaeva bilan mashg'ulot o'tkazgan edim," deydi Margarita Andreeva, sport yakkakurashlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorat maktabining qilichbozlik bo'yicha murabbiyi.  – 2014 yilda Lolita qilichbozlik bo'yicha milliy terma jamoa safiga qo'shildi va u mening qo'l ostimda malum sport g'alabalariga erishdi.  O'zQF Ijroiya qo'mita va qilichbozlik federaciyasi rahbariyatining qaroriga binoan sportchilarni terma jamoaga o'tkazish tizimini o'zgartirish to'g'risida qaror qabul qilinib, tanlov o'tkazildi.  Ular barcha murabbiylardan kuchli va istiqbolli sportchilarni saralab olib,  ushbu sportchilar umumiy mashg'ulotlarda birlashtirilib, ular uchun masul murabbiylar tayinlangan edi.  SHu tariqa shogirdim Lolitani terma jamoaga o'tkazdim. Lolita 4 marta Moskvadagi o'quv-mashg'ulot yig'inida, shuningdek Koreyadagi xalqaro O'YMda qatnashgan.

SHuningdek L.Ziyaxadjaeva Dubay va Ammanda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatlari, Qozon sh. (Rossiya)da o'tkazilgan Butunrossiya xalqaro turnir ishtirokchisi. SHuningdek, 2015 yilda u Toshkentdagi Jahon chempionatida va O'zbekistonda o'tkazilgan barcha keyingi xalqaro musobaqalarda ishtirok etdi.  L. Ziyaxadjaeva Markaziy Osiyo chempioni (2019y.).  Barcha terma jamoa azolari qatorida, Lolita ham federaciyadan qilichbozlik  formasini olgan, - deya sharhladi Margarita.

Ushbu holatga O'zQF bosh kotibi Gulnora Saidova ham izoh berdi: – Lolita Ziyaxadjaeva yozganidek, u jamoani boshqaradigan professional sportchi sifatida, o'zining jismoniy tayyorgarligi, matonati va eng zo'r ekanligi bilan sportda ustunligini isbotlay olmaganidan afsusdaman. Afsuski, bugungi kunda qilichbozlikning rapira yo'nalishi bo'yicha musobaqalarga tayyorgarlik va turnirlardagi chiqishlarda eng kuchsiz yo'nalish.  Sportchilar o'rtasida haqiqiy raqobat deyarli yo'q edi.  Biz oldimizga sportchilarning tayyorgarligini qayta ko'rib chiqish, mintaqalardan yosh va istiqbolli sportchilar sonini doimiy ravishda va qatiyat bilan xalqaro musobaqalarga tayyorlashni ko'paytirish vazifasini qo'ydik.

Lolitaning biron marta o'ziga savol bermasligi juda achinarli: «Nima uchun bu vaziyat boshqa sportchiga emas, balki u bilan sodir bo'ldi? O'zining Instagramdagi chiqishida ham u o'zi maktabdagi muammolari uni tushunishmagani va unga yomon munosabat bildirilgani haqida gapirib o'tgan. Ehtimol, bu ko'p jihatdan dunyoni, odamlarni qanday qabul qilishingizga, boshqalar bilan qanday munosabatda bo'lishingizga bog'liqdir.

Lolita o'zining sport maqsadiga erishishdagi kamchiliklarini yashirgan holda, yani u xalqaro musobaqalarga qatnashgan bo'lsada, deyarli yaxshi natija ko'rsata olmadi va darvoqe, u o'smirlar terma jamoasining chet eldagi yig'in safarlarini biror marta ham o'tkazib yubormadi, ammo bu erdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlarini muntazam ravishda qoldirib yubordi, vaholanki onlayn mashg'ulotlarda ham qatnashmagan Lolita sportchilar stipendiyasini olishda davom etdi va shu bilan o'zining sportchi sifatidagi vazifalari masuliyatini buzgan, milliy terma jamoaning ichki tartib-intizomiga bo'ysunmagan ... «.  SHu bois ham »nima eksang, shuni yig'asan", deb bejiz aytilmagan.


Ushbu malumotga javoban O'zbekiston Qilichbozlik federaciyasi Lolita Ziyaxadjaeva tomonidan keltirilgan asossiz tafsilotlar haqida batafsil to'xtalmoqchi emas, chunki aslida Lolita terma jamoadan chetlatilgan emas, balki FFU Ijroiya Qo'mitasi va murabbiylar kengashi qarori asosida qilichbozlik bo'yicha 35 nafar etakchi murabbiy ishtirokida u mashg'ulotlar jarayonida asossiz sabablarga ko'ra qatnashmayotganini oldini olish maqsadida o'quv-mashg'ulot yig'inlaridan chetlashtirildi. Bundan tashqari, u nafaqat o'quv-mashg'ulot yig'inidan chetlatildi, balki milliy terma jamoani tayyorlash tartibini buzadigan bir qator yaxshi sportchilarga ham bu kabi chora ko'rilgan.  Lolita terma jamoadan chetlashtirilmadi, balki ogohlantirildi.

Davlatimiz etakchi sportchilarning maoshlari, musobaqalarga tashriflar va jihozlar uchun juda ko'p pul ajratadi. Va bunday juda qiyin davrda ham mamlakatimiz rahbariyati mashg'ulot o'tkazish uchun barcha sharoitlarni yaratib berdi.

Biz sportchilar o'z harakatlari uchun to'liq javobgar bo'lishi kerak degan masalani ko'tardik. Agar siz terma jamoada bo'lishni istasangiz, g'alaba qozonishni xohlasangiz, buning uchun siz nafaqat jismoniy, balki psixologik, axloqiy jihatdan ham katta kuch sarflashingiz kerak. Hech kim professional sportni oson va sodda deb aytmagan, chunki sportchining har bir medali ortida ham sportchi, ham murabbiylarning mashaqqatli mehnati bor. Tabiiyki, jarohatlar bor, og'ir yuklamalar bor. Va hamma ham bunga dosh berolmaydi. O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi pandemiya davrida O'zbekiston MOQ o'quv yig'in mashg'ulotini uyda o'tkazish uchun sharoit yaratdi, har kuni 150 dan ortiq sportchi ZOOM platformasida mashg'ulotlar o'tkazdi. Bu esa oson bo'lmagan, ammo hamma sportchilar buni uddalashdi. Bugun terma jamoamizning 55 nafar sportchisi  ananaviy mashg'ulotlar yani O'YMni boshlashdi.

Terma jamoa azolari va murabbiylar bugun o'z oldilariga ulkan maqsadlarni qo'ydilar! Ushbu qayta yuklanishning dastlabki natijalari allaqachon mavjud, pandemiya boshlanishidan oldin bizning sportchilarimiz - Jahon Kubogining yakka tartibdagi musobaqalarida oltin medal, o'smirlar va qizlar o'rtasidagi musobaqalar jamoalarida Jahon Kuboklarida sovrindor hamda g'olib bo'lishdi. Va bu faqat boshlanishi!

Lolitaga ham kelgusidagi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

O'zQF matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

   
11 okt 17:55:04
shakir
(v)
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing