So’nggi yangiliklar

16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0

08 apr 15:18
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Aslida Sterling ham juda kuchli jangchi: U yoshligida bandalarga qo'shilmadi va sportni tanladi. Keyin - AQSHning eng kuchli kurashchisiga aylandi va UFC afsonasi Jon Jonsning taklifini qabul qilmadi

Teglar :  SterlingJon Jons
2020 yilning yozida Yan MMA afsonasi Joze Aldoni mag'lub etdi va vakant bo'lib turgan kamarga ega chiqdi.

SHundan so'ng unga qarshi jang qilishni istovchilar ko'payib ketdi. Birinchi bo'lib bu imkoniyatga Aljemeyn Sterling ega bo'ldi. Jang natijasi esa barchaga malum. Sterling chempion bo'lganidan so'ng uch marta jangdan bosh tortdi va bu vaqt orasida rossiyalik vaqtinchalik kamarga ega bo'ldi. 

10 aprel kuni bizni revansh kutmoqda. Hozir esa Yanning raqibi Sterlingning MMAga kirib kelishi bilan tanishamiz.

Sterling — Amerikaning eng kuchli kurash ustalaridan biri. U Yanga qarshi jangga qadar beshta jangda ishonchli g'alabani qo'lga kiritgan. U UFC afsonasi Jon Jons bilan birga bitta kollejda o'qigan va Jons sababli MMAga mehri tushgan. Uning MMAdagi debyutidan ikki yil o'tib, ikkita promoushenda chempionlik kamariga ega chiqdi. 

Jon Sterlingga birgalikda MMAda debyut qilishni taklif qilgan, biroq Aljemeyn taklifni qabul qilmadi. Sabab — Jonsning panasida qolib ketish edi.

Sterlingning ota -onasi oddiy ishchilar bo'lishgan va ularning 13 nafar farzandi bor edi. Sterling maktabga borishni boshlaganida, unga o'g'rilik bilan shug'ullanuvchi bandaga kirishni taklif qilishadi, biroq u sportni tanladi. Bolakay birinchi basketbol bilan shug'ullanadi va keyinchalik o'zini kurashda sinab ko'radi.

Sterling 2004 yildan boshlab kurash bilan shug'ullanishni boshladi. U maktabni tamomlaganidan so'ng AQSHning eng kuchli kurash ligasi (NSAA)ga kirishni istaydi, biroq uning maktabdagi  yomon baholari bunga yo'l qo'ymaydi. SHundan so'ng qahramonimiz Morrisvill davlat kollejiga o'qishga kiradi va o'sha erda shug'ullanishni davom ettiradi. Kollejda UFC'ning kelajakdagi chempioni Jon Jons bilan tanishib qoladi va ular birga tayyorgarlik ko'rishni boshlashadi. O'sha vaqtlarda Jons unga birgalikda MMAda debyut qilishni taklif qiladi. Ammo Aljemeyn bu taklifni qabul qilmadi. Kollejni birinchi bosqichini tamomlaganidan so'ng Kortlend davlat universitetiga o'qishga qabul qilinadi va o'sha erda o'z orzusiga etishadi. U ikki bor All-Amerikan unvoni bilan taqdirlanadi. 

Oxir-oqibat Sterling aralash yakkakurashlarga qiziqib qoldi va Jon Jons bilan The BombSquad'ga bordi. Tez orada Jon Albukerkedagi JeksonVink'ga ko'chib o'tdi va u erda Aljemeynni taklif qiladi.

«Kollejni tugatganimdan keyin nima qilishim haqida o'ylayotganimda Jon Jons meni sport zaliga chaqirdi. Men hozir shug'ullanayotgan joy — Serra-Longo Fight Team, men uning mavjudligi haqida ham bilmasdim, chunki bundan oldin men shtatning boshqa qismida edim.

Men deyarli Jonsning  taklifini qabul qilgandim, lekin keyin u erda menga etarlicha etibor berilmasligini his qilmasligimni aytdim. CHunki u vaqtlarda allaqachon Jons mashhur edi, men esa endi kirib kelayotgan jangchi edim», deb eslaydi Sterling.

Sterling UFC'ga kelgunga qadar mag'lub bo'lmagan, biroq tashkilotda uchta mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Biroq har bir mag'lubiyatdan so'ng to'g'ri xulosalar chiqardi

MMAdagi ikkita ajoyib debyutdan so'ng Aljemeyn Serra-Longo Fight Team'ga o'tdi.

Zalda Sterling jiu-jitsu bo'yicha qora belbog' sohibiga aylandi. Sterling juda tez o'sishga erisha boshladi. U birinchi bo'lib Ring of Combat, keyinchalik CFFC promoushenida chempionlikni qo'lga kiritdi. SHundan so'ng 2014 yilning 22 fevral kuni UFC 170 kechasida debyut qildi. U ilk jangida Kodi Gibsoni mag'lub etdi.

UFC'dagi debyutdan ikki yil o'tib, Aljemeyn faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi. U UFC Fight Night 88 kechasida ochkolar hisobiga ko'ra Brayan Karaelga mag'lub bo'ldi. Keyingi jangida esa Rafael dos Anosdan ham mag'lub bo'ldi. Keyin ikkita jangda ishonchli g'alaba qozongan Sterling sobiq UFC chempioni Marlon Moraesga qarshi oktagonga ko'tarildi. Bu jangda Sterling daxshatli nokautga uchradi va faoliyatidagi uchinchi mag'lubiyatini qabul qildi. 

Bu mag'lubiyatdan so'ng Sterling boshqa mag'lub bo'lmadi va qatorasiga beshta g'alabadan so'ng Yanga qarshi chempionlik jangida ishtirok etdi.

Qizig'i, jangchilar bahs sanasi elon qilinganidan so'ng ancha hurmatni saqlagan holda bir birlariga murojaat qilishdi.

 

Keyinchi? Keyinchalik tanish scenariy. Yan va Sterling 2021 yilning mart oyida jang o'tkazishgan, Petr jangda ustunlik qilayotgan edi, biroq 4-raund tugashiga 30 soniya qolganda taqiqlangan zarba yo'lladi va kamardan mahrum bo'ldi. Aljemeyn esa diskvalifikaciya evaziga g'alaba qozondi. Darhol qasos olish imkoni berilmadi: Sterling ikki marta operaciya qilindi va Yan bu orada Kori Sendxagen bilan jang qilib, bo'sh turmaslikka qaror qildi. SHunday qilib, Petr vaqtinchalik chempion bo'ldi, ammo 10 aprelga o'tar kechasi u Aljemeyn bilan barcha muammolarni hal qilib, to'liq huquqli unvonni qaytarishga harakat qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing