So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

12 noy 11:34
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

ASOIF va AIOWF tashkilotlariga rahbarlar saylandi

Teglar :  ASOIFAIOWF
Franchesko Richchi-Bitti Xalqaro yozgi Olimpiya sport federaciyalari Associaciyasi (ASOIF) prezidenti etib qayta saylandi.

SHunga muqobil qishki sport turlariga yo'naltirilgan tashkilotga (AIOWF) Ivo Ferriani rahbarlik qiladi.

Onlayn tarzda o'tkazilgan ASOIF Bosh assambleyasi davomida tashkilotni 2012 yildan beri boshqarib kelayotgan 78 yoshli Franchesko Richchi-Bitti nomzodi delegatlar tomonidan bir ovozdan maqullandi.

– ASOIFdagi 8 yillik faoliyatimda astoydil mehnat qildim, – deydi Franchesko Richchi-Bitti. – Sport uchun murakkab bu davrga munosib voris tayyorlash va tashkilotni bo'lajak muammolarga hozirligini taminlash zimmamdagi masuliyat, deb bilaman. Biz xalqaro federaciyalarga xizmat qilish va olimpiya harakatiga samara keltirish uchun qo'limizdan kelganini qilamiz.

Franchesko Richchi-Bitti 2009-2015 yilllarda Xalqaro tennis federaciyasini (ITF) boshqargan. Hozirda italiyalik sport mutaxassisi ITFning faxriy prezidenti hisoblanadi.

Bundan tashqari, ASOIF Bosh assambleyasida pandemiya sababli 2021 yil yoziga qoldirilgan Olimpiya o'yinlariga sportchilarni saralab olish masalasi ham ko'tarildi. Delegatlar fikriga ko'ra, bu hozirgi vaqtning eng dolzarb muammosidir.

SHuningdek, assambleya ishida Xalqaro qishki Olimpiya sport federaciyalari Associaciyasi prezidenti sifatida 2014 yildan buyon ushbu tashkilotni boshqari kelayotgan FIS rahbari Janfranko Kasperning o'rnini Ivo Ferriani egalladi. Italiyalik 60 yoshli mutaxassis bir ovozdan ushbu lavozimga saylandi.

Ferriani 2010 yilda Xalqaro bobsley va skeleton federaciyasi – IBSFni boshqargan, 2016 yilda Xalqaro olimpiya qo'mitasi (XOQ) azosi va 2018 yildan beri XOQ Ijroiya qo'mitasi azosi hisoblanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing