So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

18 mar 10:36
Yangiliklar

Tennis

ATP reytingi. Milushev 354, SHin 169 pog'onaga ko'tarildi, Fayziev esa reytingdan chiqarildi

Bugun professional tennischilar Associaciyasi haftalik yangi reytingni elon qildi.

Ikki hafta davom etgan Indian-Uells "Masters" turniri sabab 11 mart kuni reyting yangilanmagan edi. Bu hafta dunyo tennischilari kuchli o'ntaligida ikkita o'zgarish kuzatildi. Germaniyalik Aleksandr Zverev rossiyalik Andrey Rublyov bilan, Norvegiyalik Kasper Ruud esa polshalik Xubert Gurkach bilan o'zaro o'rin almashib oldi. 

Qolgan tennis yulduzlari esa o'tgan haftadagi o'z o'rinlarini saqlab qolishdi. Novak Jokovich reytingda hamon peshqadamlik qilyapti. Indian-Uellsda chempionlik unvonini himoya qilgan Karlos Alkaraz o'z o'rnini saqlab qoldi. Yani, u o'tgan yilgi chempionlik 1000 ochkosini ham himoya qildi.  

Mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov ikki pog'onaga pastladi. Kelishilgan o'yinlarga aloqadorlikda ayblanib, 3,5 yilga tennis faoliyatidan chetlatilgan hamda 15 000 dollar jarimaga tortilgan Sanjar Fayziev ATP reytingidan chiqarildi. Amir Milushuv oz emas, ko'p emas, 354, Maksim SHin esa 169 pog'onaga ko'tarilib oldi. 


ATP reytingi. 18 mart holatiga ko'ra Top-10:

1. (1) Novak Jokovich (Serbiya) - 9725 ochko (+50 ochko)

2. (2) Karlos Alkaraz (Ispaniya) - 8805 

3. (3) Yannik Sinner (Italiya) - 8310 (+40 ochko)

4. (4) Daniil Medvedev (Rossiya) - 7765 (+50 ochko)

5. (6) Aleksandr Zverev (Germaniya) - 5060 (+110 ochko)

6. (5) Andrey Rublyov (Rossiya) - 5970 (-40 ochko)

7. (7) Xolger Rune (Daniya) - 3875 (+155 ochko)

8. (9) Kasper Ruud (Norvegiya) - 3560 (+155 ochko)

9. (8) Xubert Gurkach (Polsha) - 3370 (-35 ochko)

10. (10) Aleks De Minaur (Avstraliya) - 3300 (+90 ochko)


O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:

331 (329). Humoyun Sultonov - 157

674. (674). Sergey Fomin - 46

1282T. (1451T). Maksim SHin - 5 (+2)

1502T (1489T). Denis Istomin - 2

1618T (1972T). Amir Milushev - 2 (+1 ochko)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing