So’nggi yangiliklar

19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0 15:32Ислам Махачев Хабибнинг натижасини такрорлади 0 15:10"Реал" қачон Европа Суперкубоги учун курашади? 0 14:48Шахматчиларимиз Aktobe Open 2024 турнирининг 8-турида қандай натижа қайд этишди? 0

31 iyu 14:02
Yangiliklar

Tennis

ATP reytingi. Sultonov 104 pog'ona yuqoriladi, Istomin Top-1000`talikni tark etdi

Bugun ATR rasmiy sayti erkak tennischilarning yangilangan haftalik reytingini elon qildi.

Unga ko'ra, Top-10`talik reytingida hech qanday o'zgarish kuzatilmadi. Tennischilar o'tgan haftadagi o'z o'rinlarini saqlab qolishdi. Karlos Alkaraz hamon reyting peshqadami bo'lib turibdi. Novak Jokovich ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, Daniil Medvedev kuchli uchlikka yakun yasagan. Gamburg turnirida chempion bo'lgan germaniyalik Aleksandr Zverev 16-o'ringa ko'tarilib oldi.

Mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov kecha Astanada yakunlangan "CHellenjer 50" toifasiga kiruvchi Prezident Kubogidagi muvaffaqiyatli ishtiroki sabab 104 pog'onaga yuqorilab, 446-o'ringa joylashdi. U Qozog'istondagi turnir vice-chempioni bo'lgandi. 

Aksincha, tajribali Denis Istomin 110 pog'onaga pastlab, Top-1000`talik reytingdan chiqib ketdi. U endi 1039-pog'onadan joy olgan. Butunjahon talabalarning Yozgi Universiadasida ishtirok etayotgan ikkinchi raketkamiz Sergey Fomin esa 3 pog'onaga pastlab, 669-o'ringa joylashdi. Yangilangan reytingda Sanjar Fayziev 21, Aziz Dadaboev va Rahimbek Ibrohimov 7, Amir Milushev 92 pog'ona quyiga sho'ng'idi. 


ATR reytingi. 31 iyul kungi holat. Top-10: 

1. (1) Karlos Alkaraz (Ispaniya) - 9225 ochko

2. (2) Novak Jokovich (Serbiya) - 8795 

3. (3) Daniil Medvedev (Rossiya) - 6520

4. (4) Kasper Ruud (Norvegiya) - 4985

5. (5) Stefanos Cicipas (Greciya) - 4850

6. (6) Xolger Rune (Daniya) - 4825

7. (7) Andrey Rublyov (Rossiya) - 4730

8. (8) Yannik Sinner (Italiya) - 3815

9. (9) Teylor Fritc (AQSH) - 3515

10. (10) Frensis Tiafo (AQSH) - 3085


O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:

446 (550). Humoyun Sultonov - 95

669 (666). Sergey Fomin - 43

1039 (929). Denis Istomin - 10

1371T (1374T). Maksim SHin - 4

1545T (1553T). Mustafo Do'stov - 2

1545T (1524T). Sanjar Fayziev - 2

1670T (1663T). Aziz Dadaboev - 1

1670T (1663T). Rahimbek Ibrohimov - 1

1855T (1763). Amir Milushev - 1.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing