So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

20 noy 08:05
Yangiliklar

Tadbirlar

Avazjon Karimov: “Endi birinchi rahbarlar salomatlikni mustahkamlashda mehnat jamoasiga “shaxsiy namuna” bo'lishadi”

Teglar :  Avaz KarimovAOKA
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administraciyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikaciyalar agentligida “Jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish, aholini sog'lom turmush tarziga jalb qilish borasida ko'rilayotgan choralar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumanda Jismoniy tarbiya va sport vazirining o'rinbosari Avazjon Karimov, vazirlikning boshqarma boshlig'i Aziz Hasanov, O'zbekiston futbol associaciyasi bosh kotibi Avaz Maksumov hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Anjumanda so'zga chiqqan Jismoniy tarbiya va sport vazirining o'rinbosari Avazjon Karimov bugungi kunda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish, yurtdoshlarimizning salomatlik darajasini mustahkamlash masalasiga hukumat darajasida etibor qaratilayotganligini alohida takidlab, 2020 yil 30 oktyabrda imzolangan “Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni ushbu yo'nalishdagi ishlar samaradorligini yangi bosqichga ko'tarishini takidladi.

Farmon bilan har bir talim muassasalarida, korxona, tashkilot va boshqa turdagi barcha muassasalarda jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug'ullanishga shart-sharoitlar yaratish, ommaviy sportni rivojlantirish bo'yicha mehnat jamoalari va hududlar o'rtasida sport musobaqalarini muntazam ravishda o'tkazish, jamoa shartnomalariga ish kuni davomida ishlab chiqarish gimnastikasi mashqlari bilan shug'ullantirish, yani xodimlarga ishlab chiqarish gimnastikasi mashqlarini bajarishi uchun ish vaqtiga kiritiladigan maxsus tanaffuslar ajratish kabi vazifalar yuklatilgani etirof etildi.

Bundan tashqari, 2021 yil 1 yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlarida sog'lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan xodimga “Sport targ'ibotchisi” qo'shimcha vazifasini yuklash va uning ish haqiga 20 foiz miqdorda ustama belgilash yo'lga qo'yiladi.

SHuningdek, Farmonda ish vaqtidan so'ng tanlangan kunlarda, haftada kamida bir marotaba barcha vazirliklar, idoralar, korxona va tashkilotlar, mahalliy davlat organlari rahbarlari va barcha xodimlari ishtirokida yugurish, stritbol, badminton, mini-futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi, suzish va boshqa sport turlari bilan shug'ullanishini taminlash, jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlarini o'tkazish belgilangani haqida ham malumot berildi.

“Farmondagi muhim jihatlardan yana biri, endilikda vazirliklar, idoralar, korxona va tashkilotlar, mahalliy davlat organlarining birinchi rahbarlari o'zlarining antropometrik ko'rsatkichlarini yaxshilash, yani semizlik darajasini, vazn indeksini kamaytirish, salomatlikni mustahkamlash orqali mehnat jamoasiga “SHaxsiy namuna” bo'lishadi. Bu esa xodimlarning ham antropometrik ko'rsatkichlarini yaxshilashga intilishini kuchaytiradi”, - dedi A.Karimov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing