So’nggi yangiliklar

15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0

12 sen 17:40
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Avlodlar almashinuvi o'z yo'liga. Bizga Olimpiada medali kerak

Bir necha kun oldin O'zbekiston boks federaciyasi Xanchjoudagi Osiyo o'yinlarida ishtirok etadigan tarkibni elon qildi.

Deyarli 80 foiz kutilgan tarkib va bu boks muxlislari orasida, ijtimoiy tarmoqda iliqlik bilan kutib olindi. Albatta bazi vazn toifalarida savollar yo'q emas. Kimdir yosh To'rabek Xabibullaevning nima asosida terma jamoaga jalb qilingani haqida gapirsa, yana kimdir Bahodir Jalolov yoshlarga joy berishi kerakligi haqida yozib, o'z noroziligini bildirdi. 

Albatta Bahodir Jalolov havaskor boksda barchasini isbotlab bo'lgan. Olimpiada chempioni, ikki karra jahon chempioni, bir necha marotaba Osiyo chempioni... Lekin, mazkur Osiyo o'yinlari Parij Olimpiadasiga licenziya taqdim etishini yoddan chiqarmasligimiz kerak. Olimpiadada esa har bir medalning qadri yuqori. Bir necha yildan beri eng og'ir vazn toifasida chempionlikni xech kimga bermay kelayotgan Bahodir Jalolovning ishtiroki esa bizga oltin medal kutishimizga asos bo'ladi. Demak "avlodlar almashinuvi", "yoshlarga yo'l berish" kabi fikrlarni Parij Olimpiadasigacha bir chetga surib turamiz. Bahodir Jalolovning o'zi ham Olimpiya o'yinlaridan keyin asosiy etiborini professional boksga qaratishini bir necha marotaba takidlab o'tdi. Vaziyatning aynan shunday scenariyda tus olishi Bahodirning o'zi uchun ham, O'zbekistonning Olimpiya o'yinlaridagi reytingi uchun ham yaxshi, nazarimizda.

-80 kg vazn toifasida terma jamoamizga jalb etilgan To'rabek Xabibullaevni o'zbek boksini yaqindan kuzatib kelayotgan muxlislarimiz yaxshi bilishadi. U o'tgan yili Ispaniyada yoshlar o'rtasida o'tkazilgan jahon chempionatida oltin medalni qo'lga kiritgach, kattalar o'rtasidagi bir qator musobaqalarda ishtirok etdi. Vengriyada o'tkazilgan turnirda u finalga qadar etib borib, hal qiluvchi jangda Olimpiada finalchisi, ukrainalik Oleksandr Xijnyakka munosib qarshilik ko'rsatgandi. Qozog'istondagi "Elorda kubogi"dan ham u bronza bilan yurtimizga qaytgan. U shuningdek mashg'ulotlarda, sparring janglarda ham o'zini ko'rsatgan va asosiy tarkibga loyiq ekanligini isbotlagan.

Qolgan vazn toifalarida esa etirozlar deyarli yo'q. Hasanboy Do'smatov, Abdumalik Xalokov, Ruslan Abdullaev, Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaevlar Xanchjouga jahon chempioni sifatida yo'l olishmoqda. Toshkentdagi JCHda bronza medaliga ega chiqqan Lazizbek Mullojonov ham o'zi uchun yangi bo'lgan -92 kg vaznga moslashib ulgurdi. Eng muhimi La Kruzdek afsonani mag'lub etgan Lazizbekda o'ziga bo'lgan ishonch yuqori. 

Osiyo miqyosidagi so'nggi musobaqalarda O'zbekiston etakchi ekanligini inobatga olsak, vakillarimizning asosiy qismi Osiyo o'yinlarining o'zidayoq licenziyalarni qo'lga kiritib olishlari mumkin. Lekin shuni unutmaslikk kerakki, bunday musobaqalarda quraga ham ko'p narsa bog'liq bo'ladi. Faqatgina finalga yo'l olgan bokschilar Parij Olimpiadasi licenziyasiga ega chiqishadi. Bu esa biroz qo'shimcha bosim yuklashi mumkin. Ammo har qanday holatda ham yigitlarimizdan maksimal natija kutamiz.


Malumot uchun, Osiyolik bokschilar uchta musobaqa orqali Olimpiadaga licenziya qo'lga kiritishlari mumkin:

24 sentyabr - 5 oktyabr - Xanchjou, Xitoy (Osiyo o'yinlari)

29 fevral - 12 mart - Busto Arsizio, Italiya (Jahon licenzion turniri)

23 may - 5 iyun - Bangkok, Tailand (Jahon licenzion turniri)

Reyting:    

Fikrlar

   
13 sen 17:19:35
Эркин Якубов
Олға, Ўзбекистон. Қолганларга айтинглар, четроқ туришсин, бўлмаса ўзбекнинг оёғи остида қолиб кетиб ўт-бети ярадор бўлиб йиғлаб юришади. Билмайдики, ўзбекнинг тупуги ҳам улар учун табаррук
   
13 sen 05:58:19
SPRINTERshashist
Олимпиада олтин медали дан кура проф боксдаги камарлар мухимрок. Айникса супер огир вазнда
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing