So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

08 may 07:01
Yangiliklar

Futbol

Azizjon G'aniev va "SHabab Al-Ahli" BAA chempioniga aylandi!

Klub chempionat yakunlanishiga bir tur qolganda mamlakat chempionligini naqd qildi.

Birlashgan Arab Amirliklari Pro Ligasida "SHabab Al-Ahli" jamoasi chempionga aylandi. Azizjon G'aniev harakat qilayotgan jamoa 25-tur doirasida "Banni Yas" ustidan dramatik tarzda g'alaba qozondi va chempionat yakunlanishiga bir tur qolganda bosh sovrinni naqd qildi. 

Juda muhim uchrashuvning 61-daqiqasida o'z darvozasidan to'p olib chiqqan "SHabab Al-Ahli" o'zini yo'qotib qo'ymadi. 70-daqiqada o'zbekistonlik futbolchi Azizjon G'aniev juda kuchli zarbasi bilan darvozani ishg'ol qildi va jamoasini o'yinga qaytardi. O'yinning 74-daqiqasida esa "SHabab Al-Ahli" yakunda g'alaba keltirgan to'pni kiritdi. 

SHu tariqa, chempionat yakunlanishiga bir tur qolganda "SHabab Al-Ahli" ikkinchi va uchinchi o'rinda turgan "Al Ayn" va "Al Vahda"dan uch ochko oldinlab ketdi. CHempionat yakunida ochkolar teng kelib qolgan taqdirda bosh o'lchov sifatida ikki jamoaning o'zaro o'yiniga qaraladi. 

"SHabab Al-Ahli" esa ikki taqibchisi bilan o'zaro o'yinlarda ustunlikka ega. "Al Ayn" va "Al Vahda"ga qarshi chempionat doirasidagi o'yinlarda "SHabab Al-Ahli" mag'lub bo'lmagan. Aksincha, ikkala jamoani ham bir martadan mag'lub qilgan va bir martadan durang o'ynagan. 

Bu esa taqibchilar so'nggi turda "SHabab Al-Ahli" bilan ochkolarini tenglashtirgan taqdirda ham judvalda pastroqda joylashishlarini anglatadi. Xullas, Azizjon G'aniev – BAA chempioni!


"Banni Yas" – "Al-Ahli" 1:2

Gollar: Sasha Ivkovich 62', Azizjon G'aniev 70', Yaxyo Al Gassani 74'

Azizjon G'anievning golini telegramda tomosha qiling

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing