So’nggi yangiliklar

12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0

10 mar 13:12
Yangiliklar

Gimnastika

Badantarbiya mashg'ulotidan zavq olib

Xorazm viloyatida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O'zbekistonda sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish va aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb qilish to'g'risida”gi qarorini hayotga tadbiq etish maqsadida aholining turli qatlami, xususan, korxona va tashkilotlarning ishchi-xodimlari orasida ham ko'plab tadbirlar o'tkazilmoqda.

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi viloyat bo'limi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi Sport o'yinlari va engil atletikaga hamda Yakkama-yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi hamkorligida uyushtirilgan ertalabki badantarbiya mashg'uloti ham ana shu say-harakatlar samarasi hisoblanadi. 

“Yoshlik” sport majmuasi arenasida tashkil etilgan mazkur mashg'ulotda Urganch shahridagi  umumtalim maktablari va maktabgacha talim muassasalarida mehnat qilayotgan xotin-qizlar jalb qilindi. O'z navbatida ular xush kayfiyatda badantarbiya mashqlarini bajarib, o'zgacha zavq ham olishdi. 

Asosiysi, barchasi sog'liklarini bir meyorda saqlashda badantarbiya mashqlari va harakatdan yaxshi vosita yo'qligini, bu insonga faqat va faqat foyda keltirib, kasalliklarni oldini olishga yordam berishini ko'ngildan his qilishdi.

Ikrom Xudoyberganov tayyorladi, Urganch shahridan

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing