So’nggi yangiliklar

12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0

03 fev 12:27
Yangiliklar

Gimnastika

Badantarbiya – mustahkam salomatlik garovi!

Bugungi kunda Orolbo'yida ham aholi, ayniqsa yoshlar o'rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Nukus shahridagi 1-bolalar va o'smirlar sport maktabining sport majmuasiga tongi soat 6.00 da kelganimizda bir guruh nuroniylarning ertalabki badantarbiya bilan shug'ullanayotganining guvohi bo'ldik.

photo_2020-02-01_15-38-59.jpg


– Ertalabki badantarbiyaning inson salomatligiga foydasi beqiyos, – deydi 79 yoshdagi aloqa sohasi fahriysi Hokimniyoz Embergenov. – CHunki, inson kun bo'yi o'zini yaxshi his qilib yuradi, ishtahasi yaxshilanadi, har qanday kasalliklardan xoli bo'ladi. SHuning uchun ham badantarbiya bilan shug'ullanishni kundalik odatga aylantirganmiz. O'zim 1994 yildan buyon muntazam shug'ullanib kelaman. Guruhimiz madaniyat, talim, sog'liqni saqlash, xizmat ko'rsatish va boshqa turli soha vakillaridan tashkil topgan.

– Oilaviy kelib ertalabki badantarbiya bilan muntazam shug'ullanamiz, – deydi Qoraqalpog'iston Respublikasiga xizmat ko'rsatgan arxitektor, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat mukofoti sovrindori Orinboy To'reniyazov. – Yoshlarimiz o'rtasida jismoniy tarbiya va sport, shu jumladan, ertalabki badantarbiya bilan shug'ullanishni targ'ib qilishimiz kerak. Bunda biz faxriylar yoshlarga o'rnak bo'lishimiz kerak. Bu aholi salomatligini mustahkamlash bilan bir qatorda jinoyatchilikning oldini olishga xizmat qiladi. CHunki sport bilan muntazam shug'ullangan kishidan yomonlik chiqmaydi.

Ertalab Nukus ko'chalari bo'ylab yurar ekanmiz, faxriylarning, yoshlarning, xotin-qizlarning badantarbiya bilan shug'ullanayotgani bizni quvontirdi. O'zimiz ham bundan chetda qolmasdan, har kuni shug'ullanishni maqsad qildik.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing