So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

16 may 14:43
Yangiliklar

Gimnastika

Badiiy gimnastika bo'yicha O'zbekiston chempionatida g'oliblar aniqlandi

Teglar :  Badiiy gimnastika
Navoiyda badiiy gimnastika bo'yicha kattalar o'rtasida mamlakat chempionati o'tkazildi.

Musobaqada Respublikamizning 12 hududidan 127 nafar sportchi g'oliblik uchun bahs olib bordi. Kutilganidek, yakkalik dasturining ko'pkurash yo'nalishida Taxmina Ikromova katta farq bilan g'alaba qozonib, ayni paytda yurtimizning eng yaxshi badiiy gimnastikachisi ekanini ko'rsatdi. 

SHuningdek, guruh mashqlarida O'zbekiston terma jamoasi azolari ham alohida ishtirok etib, oltin medalga sazovor bo'lishdi. Qayd etish joiz, may oyining oxirida Filippinda Osiyo chempionati kutib turgani bois Ikromova hamda guruh mashqidagi qizlar boshqa dasturlarda ishtirok etishmadi. 

Terma jamoa murabbiylar shtabi ushbu musobaqa orqali qita birinchiligi oldidan asosiy tarkib sportchilarining holatini yana bir karra ko'zdan kechirishdi. SHaxsiy yo'nalishdagi ko'plab dasturlarda esa Yosmina Rahimova oltin medallarni qo'lga kiritdi. 

Barcha g'olib va sovrindorlar:

Ko'pkurash, yakkalik:
1. Taxmina Ikromova (Samarqand)
2. Yosmina Rahimova (Toshkent sh.)
3. Vilana Savadyan (Samarqand)

Guruh mashqi:
1. O'zbekiston terma jamoasi
2. Toshkent sh.
3. Buxoro

Guruh mashqlari bo'yicha alohida dasturlar, 5 halqa:
1. RIOZBO'SM
2. Navoiy
3. Samarqand-2

3 tasma va 2 to'p:
1. Samarqand-1
2. Toshkent sh
3. Namangan

YAkkalik dasturida alohida mashqlar, halqa:
1. Vilana Savadyan (Samarqand)
2. Yosmina Rahimova (Toshkent sh.)
3. Madina Rustamova (Toshkent sh.)

To'p:
1. Yosmina Rahimova (Toshkent sh.)
2. Vilana Savadyan (Samarqand)
3. Madina Rustamova (Toshkent sh.)

Bulava:
1. Yosmina Rahimova (Toshkent sh.)
2. Nigina Azizova (Samarqand)
3. Fazoda Saydullaeva (Samarqand)

Tasma:
1. Yosmina Rahimova (Toshkent sh.)
2. Vilana Savadyan (Samarqand)
3. Asal Ahmedova

Jamoaviy ko'pkurash:
1. Samarqand
2. Toshkent sh
3. Navoiy

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing