So’nggi yangiliklar

16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0

29 iyu 14:41
Yangiliklar

Gimnastika

Badiiy gimnastika: Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan qizlarimiz tantanali kutib olindi

Teglar :  Badiiy gimnastika
Joriy yilning 20-27 iyun kunlari Tailandning Pattayya shahrida badiiy gimnastika bo'yicha qita birinchiligi bo'lib o'tdi.

Mazkur musobaqada badiiy gimnastika bo'yicha ayollar va yoshlardan iborat O'zbekiston milliy terma jamoalari yuqori saviyada ishtirok etishdi. Osiyo chempionatida O'zbekiston milliy terma jamoasi 18 ta medal (10 ta oltin, 7 ta kumush, 1 ta bronza) qo'lga kiritdi.

Osiyo chempionatida munosib ishtirok etgan badiiy gimnastikachilarimiz bugun tunda Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. Kutib olish marosimida Sportni rivojlantirish vazirligi, O'zbekiston gimnastika federaciyasi, sportchilarning ota-onalari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Vakilalarimizning qita birinchiligida qayd etgan natijalari bilan tanishing.

Osiyo chempionati, jamoaviy bahslar (kattalar o'rtasida):

1. O'zbekiston,

2. Qozog'iston,

3. Yaponiya.

Osiyo chempionati, jamoaviy bahslar (o'smir qizlar o'rtasida):

1. Qozog'iston,

2. O'zbekiston,

3. Yaponiya.

Osiyo chempionati, kattalar o'rtasida:

Ikramova Taxmina — 4 ta oltin, 1 ta kumush,

Tashkenbaeva Sabina — 1 ta kumush.

Guruh chiqishlari (Ibragimova SHahzoda, Azamova Nilufar, Ishoqzoda Mumtozabonu, Jumaniyazova Nargiza, Abduraufova Xurshidabonu, Pak Mariya) 2 ta oltin, 1 ta kumush.

Osiyo chempionati, o'smir qizlar o'rtasida:

Usova Natalya 1 ta oltin, Saranseva Anastasiya 1 ta kumush, Atalyans Evelina 1 ta oltin, Savadyan Vilana 1 ta oltin. Guruh bahslari (Domenika Damirova, Irodaxon Sadiqova, Diyora Baxtiyorova, Mubina Kamolova va Amira Mirzayorova) 2 ta kumush, 1 ta bronza.

SHuningdek, Osiyo chempionatida jami 15ta davlat ishtirok etgan bo'lib, umumjamoa hisobida 1-o'rinni O'zbekiston terma jamoasi egalladi. 2-o'rin Qozog'iston terma jamoasiga nasib etdi. 3-o'rinni yaponiyalik badiiy gimnastikachilar qo'lga kiritishdi.

Sportni rivojlantirish vazirligi hamyurtlarimizni Osiyo chempionatidagi munosib ishtiroki bilan muborakbod etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing