So’nggi yangiliklar

16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0

16 apr 08:51
Yangiliklar

Gimnastika

Badiiy gimnastika. Toshkentda Jahon kubogining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi + FOTOGALEREYA

Teglar :  Badiiy gimnastika
Malum qilganimizdek, Toshkentda nafis sport turi bo'yicha Jahon kubogining ikkinchi bosqichi boshlandi.

Kecha, 15 aprel kuni poytaxtimizdagi Gimnastika saroyida ushbu nufuzli musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.


Tadbirda Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov va uning o'rinbosari SHahrullo Mahmudov, Milliy Olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo'mita raisi o'rinbosarlari Azizjon Kamilov hamda SHerzod Tashmatov, O'zbekiston gimnastika federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Ruslan Mustaev, Xalqaro gimnastika federaciyasi mutasaddilari, sport jamoatchiligi va OAV vakillari ishtirok etishdi.



Rasmiylar o'z nutqlarida mamlakatimizda so'nggi yillarda yoshlarning sport bilan shug'ullanishlari uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, aholi orasida sog'lom turmush tarzi targ'ibotini yanada kuchaytirish bo'yicha olib borilayotgan ishlarga alohida to'xtalishdi.



Musobaqa rasman ochiq deb elon qilingach, tadbirning badiiy qismiga navbat berildi. Unda poytaxtimizda faoliyat olib borayotgan bir qator guruhlar o'zlarining betakror chiqishlari bilan mehmonlarga yanada ko'tarinki bayramona kayfiyat ulashishdi.



Eslatib o'tamiz, ushbu musobaqada Armaniston, Avstraliya, Ozarbayjon, Bolgariya, Kolumbiya, Buyuk Britaniya, Gruziya, Germaniya, Italiya, Qozog'iston, Latviya, Yangi Zelandiya, Sloveniya, AQSH kabi davlatlar ishtirok etmoqda. Bugun bir qator dasturda saralash bahslari o'tkazildi. Bugundan hamyurtlarimiz final bosqichida chempionlik yo'lida tayyorlagan dasturlarini yig'ilganlar etiboriga havola qilishadi.


Tadbirdan suratlarni tomosha qiling.

Muallif: Alimurod Mamadaminov


Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing