So’nggi yangiliklar

13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0

09 iyu 13:13
Yangiliklar

Gimnastika

Badiiy gimnastikachilarimiz "Kuchlilar turniri"da shohsupaga ko'tarilishdi + FOTO

Teglar :  Badiiy gimnastika
Moskvadagi Irina Viner-Usmanova gimnastika saroyida badiiy gimnastika bo'yicha “Kuchlilar turniri” musobaqasining birinchi bosqichi bo'lib o'tdi.

Unda ishtirok etgan terma jamoamiz vakillari 5 ta bronza medaliga sazovor bo'lishdi. Jamoamiz tarkibida so'nggi musobaqalarda porlayotgan Yosmina Rahimova uchun bu turnir ham ajoyib yakunlandi. Rahimova musobaqa doirasida ko'pkurash dasturida bronza medalini qo'lga kiritgani uning faoliyatidagi katta yutuqlardan biri bo'ldi. 

Bellashuvlarda hamyurtimiz faqatgina rossiyalik opa-singil Dina va Arina Averinalarga imkoniyatni boy berdi xolos. SHuningdek, bu yo'nalishda qatnashgan boshqa vakillarimiz Mila Boturina to'rtinchi, Ekaterina Fetisova esa oltinchi o'rinni egalladi.

Yosmina alohida mashqlar dasturida xalqa va tasmadagi chiqishlari bilan ham shohsupaning uchinchi pog'onasidan joy oldi. Tokio-2020 ishtirokchisi Ekaterina Fetisova bulava mashqida, qolaversa, Viktoriya Neskubo, Iroda Sodiqova, Diyora Baxtiyorova, Mubina Kamolova, Yasmin Mirzayarova, Dominika Damirovadan iborat qizlarimiz jamoaviy dasturda uchinchi natijani qayd etishdi.

Takidlash joiz, bu turnir 23-26 iyun kunlari Tailandda o'tkaziladigan Osiyo chempionati oldidan gimnastikachilarimizning sport formasi va tayyorgarligini ko'zdan kechirib olish uchun ayni muddao bo'ldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing