So’nggi yangiliklar

14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0

25 iyu 07:47
Yangiliklar

Gimnastika

Badiiy gimnastikachilarimiz Osiyo chempionatini oltin va kumush medallar bilan boshlashdi

Tailandning Pattayya shahrida badiiy gimnastika bo'yicha qita birinchiligi bo'lib o'tmoqda.

Qitamizning 15 mamlakatidan eng sara gimnastikachilar qatnashayotgan musobaqada qizlarimiz jamoaviy dasturda chempionlikni qo'lga kiritishdi. 

Ikki kun davom etgan ushbu yo'nalishdagi bellashuvlarda Taxmina Ikromova, Sabina Tashkenbaeva hamda Yosmina Rahimova yakkalik, SHahzoda Ibragimova, Nargiza Jumaniyozova, Nilufar Azamova, Mumtoza Ishoqzoda, Xurshida Abduraufova va Mariya Pak guruh mashqlarida eng yuqori ballarni jamg'arishdi. 

Ushbu dasturda qozog'istonlik gimnastikachilar kumush medallar bilan taqdirlangan bo'lsalar, kuchli uchlikni Yaponiya jamoasi yakunlab berdi. 

Musobaqada yana bir medal yoshlarimiz hisobiga yozildi. Natalya Usova, Evelina Atalyanc, Anastasiya Saranceva hamda Vilana Savadyan, shuningdek, Domenika Damirova, Viktoriya Neskubo, Irodaxon Sodiqova, Diyora Baxtiyorova, Mubina Kamolova va Yasmin Amira Mirzayarovadan iborat yoshlar jamoamiz tengqurlari orasida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi. 

Bugundan boshlab sportchilar ko'pkurash va alohida dasturlardagi final bahslarida ishtirok etishadi. Mazkur bellashuvlarda ham yurtdoshlarimizga omad tilab qolamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing