So’nggi yangiliklar

15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0

22 iyu 11:58
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Bahodir Jalolovning navbatdagi raqibi kim? Bo'yi 2 metrdan baland, Pekin Olimpiadasi ishtirokchisi

Superog'ir vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamiz Bahodir Jalolov kuni kecha dunyoning eng kuchli promoushenlaridan biri Top Rank bilan shartnoma imzolagandi.

U yangi promoshendagi ilk jangini Onoriode Evariemega qarshi o'tkazadi. 

Onoriode Evarieme 1987 yilda Nigeriya tug'ilgan. U boks bilan 9 yoshidan shug'ullanishni boshlagan. "Yashil burgut" havaskor boksda bir qator yaxshi natijalarga erishadi. Yurtida bir necha bor havaskorlar o'rtasida mamlakat chempioni bo'ladi. Uning havaskor boksdagi eng katta yutug'i Pekin Olimpiya o'yinlariga yo'llanmasi bo'lgan. Nigeriyalik bokschi 2007 yilda Afrika chempionatida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritadi va Pekin-2008 yo'llanmasiga ega chiqadi. Xitoy poytaxtida bo'lib o'tgan yozgi Olimpiya o'yinlarida Onoriode Evarieme Yaroslav Yakshtoga qarshi ringga ko'tariladi va ilk raunddayoq imkoniyatni boy beradi. 

SHundan so'ng Onoriode Evarieme professional boksga o'tishga qaror qiladi. U professional boksdagi debyut jangini 2010 yilning dekabr oyida Jakartada o'tkazadi. Junior Maletino Yakopoga qarshi kechgan jangda raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etadi. SHundan so'ng Evarieme 10 ta jangini Afrika qitasida o'tkazib, raqiblarining barchasini mag'lub etadi. 

17 ta g'alabali seriyadan so'ng Onoriode ilk bor AQSHda jang qilish imkoniga ega bo'ladi. Biroq debyut omadsiz bo'ladi. Rodni Ernandesga qarshi kechgan jangda Onoriode faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oladi. Mag'lubiyatdan so'ng Onoriode ikkita jangda g'alaba qozondi va vakant bo'lib turgan WBA International kamari uchun ringga chiqish imkoniga ega bo'ldi.

U 2021 yilning fevralida Qozog'iston vakili Jan Kosobuckiyga qarshi ringga ko'tarildi, biroq kamar uchun kechgan jangning to'rttinchi raundida yana mag'lub bo'ldi. Onoriode Evarieme Bahodirga qarshi jangdan avvalgi ikkita jangini AQSHda o'tkazgan va har ikkisida g'alaba qozongan. 

Malumot uchun, Onoriode Evariemening bo'yi 2 metr 1 smni tashkil etadi. Ayni paytda nigeriyalik bokschining huquqlarini LPMG promousheni himoya qiladi.

Uning professional boksdagi rekordi 20-2ni tashkil qiladi. Nigeriyalik bokschi janglarining faqatgina bittasi to'liq davom etgan. Qolgan janglarda Onoriode yo o'zi nakaut qilgan, yoki o'zi nokaut bo'lgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing