So’nggi yangiliklar

09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0

02 dek 07:39
Yangiliklar

Tadbirlar

Bahodir Maxsitov O'zbekiston sport faxriylari kengashi raisi etib saylandi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligida O'zbekiston sport faxriylari kengashining navbatdan tashqari konferenciyasi bo'lib o'tdi.

Unda tashkiliy masala, yani O'zbekiston sport faxriylari kengashining sobiq raisi Komiljon Xudoyberganovning vafoti munosabati bilan Kengashga yangi rais saylash masalasi ko'rib chiqildi.

O'zbekiston sport faxriylari kengashining navbatdan tashqari konferenciyasida Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov, Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, o'zbek sporti dovrug'ini dunyoga yoyishga o'zlarining munosib hissasini qo'shgan sport faxriylari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Yig'ilish avvalida Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari R.Ermatov so'zga chiqib, bugun mamlakatimiz sportchilarining xalqaro maydonlarda qo'lga kiritayotgan muvaffaqiyatlari zamirida boy hayotiy tajribaga ustozlarning o'rni beqiyos ekanligini, qolaversa xalqimizda ustozlar va faxriylarga hamisha hurmat ko'rsatilishini mamnuniyat bilan takidladi.

Konferenciyaga raislik qilgan MOQ Bosh kotibi O.Kasimov O'zbekiston sport faxriylari kengashining sobiq raisi, marhum Komiljon Xudoyberganov haqida iliq fikrlar bildirdi. SHu erda Komiljon Xudoyberganovning umr yo'li aks etgan videolavha namoyish etildi.

SHundan so'ng kun tartibidagi asosiy masala – O'zbekiston sport faxriylari kengashiga yangi rais saylash borasida sport sohasida ulkan tajribaga ega mutaxassis, uzoq yillar Davlat jismoniy tarbiya va sport qo'mitasini boshqargan Bahodir Maxsitovich Maxsitov nomzodini ilgari surdi.

Konferenciya ishtirokchilari, jumladan sport faxriylari Igor Baraban, Erkin Karimov, Bahodir Tojiev, SHavkat To'laganov va boshqalar O'zbekiston sport faxriylari kengashi Komiljon Xudoyberganov rahbarlik qilgan yillarda o'z mavqeini yuksaltirgani, faxriylar ezoz topib, qadrlanganligini alohida etirof etish barobarida bo'shab qolgan lavozimga Bahodir Maxsitov eng maqul nomzod ekanligini takidlashdi va bir ovozdan maqullashdi.

Ushbu fursatdan foydalanib, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi nomidan Bahodir Maxsitovichni sharafli, shu bilan birga masuliyatli lavozimga saylangani bilan samimiy muborakbod etamiz hamda faoliyatida omad yor bo'lishini tilaymiz!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing