So’nggi yangiliklar

17:17"Жирона" "Ливерпуль" юлдузини сафига қўшиб олмоқчи 0 16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0

17 okt 20:25
Yangiliklar

Engil atletika, Og'ir atletika

Bahrayn va Quvaytda zafar quchgan sportchilarimiz tantanali kutib olindi

O'tayotgan yil mamlakatimiz sport hayotida yangi-yangi yutuqlar qarshilanayotganligi bilan ahamiyatli bo'lmoqda.

Yil davomida istedodli yoshlarimizning Butunjahon shaxmat olimpiadasida, “Osiyo bolalari” va “Islom birdamligi” sport o'yinlarida hamda bir qator sport turlari bo'yicha o'tkazilayotgan jahon hamda qita chempionatlarida muvaffaqiyatga erishishi Yangi O'zbekiston tamoyili asosida olib borilayotgan islohotlar samarali kechayotganligini ko'rsatmoqda. 


Bu, kuni kecha Bahraynda og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasida hamda Quvaytda 18 yoshgacha bo'lgan engil atletikachilar ishtirokida o'tkazilgan Osiyo chempionatlarida yanada yorqinroq o'z ifodasini topdi.

Davlatimiz tomonidan sportchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, terma jamoalarni iqtidorli sportchi yoshlar bilan to'ldirish borasida olib borilgan saralash ishlari samarasi tufayli og'ir atletikachilarimiz Olimpiya chempionlari Ruslan Nurudinov va Akbar Jo'raevsiz Osiyoning tengsiz jamoasi ekanligini ko'rsatdi. 

Xuddi shuningdek, engil atletikachilarimiz juda yosh va intiluvchan jamoa bilan 18 yoshgacha bo'lganlar o'rtasidagi qita chempionatida 5 ta oltin, 1 tadan kumush va bronzani qo'lga kiritishi mamlakatimiz engil atletika tarixida o'ziga xos voqealik bo'ldi.

O'zbekiston sportining yangi zarvarag'ini ochgan sportchilarimiz bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. 

Musiqa sadolari, yuzlab sport ishqibozlari, sportchilarning ota-onalari, yaqinlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida o'tkazilgan kutib olish marosimida g'olib sportchilarga, ularning murabbiylariga guldastalar tuhfa etildi. Dil so'zlari izhor qilindi.

 -Bahrayn bahslarida medallar sarhisobida azaliy raqiblarimiz Xitoy va Eron jamoalarini ortda qoldirgan holda peshqadamlikka erishdik. Ammo, ushbu chempionat yutuqlarimiz qatori kamchiliklarimizni, ayrim vaznlarda qatnashgan yosh sportchilarimizning tajribasini oshirish borasida hali ko'p mehnat qilishimiz kerakligini ham ko'rsatdi, -deydi og'ir atletika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi murabbiyi, “Sog'lom avlod uchun” ordeni sohibi Jo'rabek Zoirov.

-Engil atletikachilarimiz o'ziga xos natijaga erishdi. Aytishim lozim, bu yil istedodli sportchimiz SHarifa Davronova yuksak g'alabalarga erishdi. Bundan avval, joriy yil yoz oyida yoshlar o'rtasida jahon chempionligini tantana qilgan yosh sportchimiz undan keyin sentyabrda o'tgan “Islom birdamligi” o'yinlarida vatanimiz sharafini ulug'ladi. Mana endi qita chempionatida 2 ta oltin medalga sazovor bo'ldi. Uning safiga  Barnoxon Sayfullaeva, Nodir Norboev, Dilshoda Usmonova kabi yoshlarimizning qo'shilganligi esa yurtimizda sport turlari malikasi bo'lgan engil atletikadan yangi yulduzlar etishib kelayotganligini anglatmoqda, — deydi engil atletika bo'yicha tajribali mutaxassis Hasanboy Ortiqov. 

Kutib olish marosimida qatnashgan Sportni rivojlantirish vaziri o'rinbosari SHahrullo Mahmudov, O'zbekiston engil atletika federaciyasi raisi o'rinbosari Andrey Abduvaliev va boshqalar og'ir va engil atletikachilarimizning qita chempionatlarida zafar quchishi, yosh engil atletikachilarimiz SHarifa Davronova, Barnoxon Sayfullaeva, Nodir Norboev, Dilshoda Usmonova, chempion og'ir atletikachilarimiz Adhamjon Ergashev, Doston Yoqubov, Muhammadqodir Toshtemirov, Tursunoy Jabborova, SHarofiddin Amriddinov qayd etgan natijalar yangi g'alabalarga yo'l ochishini, qita va Olimpiya o'yinlarida, jahon chempionatlarida qo'lga kiritilajak yutuqlarga zamin bo'lishini takidlashdi.

To'lqin RO'ZIEV.


Kutib olish marosimidan suratlarni tomosha qiling. 

FOTO: Alimurod Mamadaminov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing