So’nggi yangiliklar

16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0

26 may 08:09
Yangiliklar

Suv sporti turlari

“Barkamol avlod-2017”. Ilk medallar suzish sporti ustalarida

Jizzax shahrida start olgan “Barkamol avlod-2017” sport musobaqalarining ilk medallari suzish bahslarida o'z egalariga topshirildi.

“So'g'diyona” universal sport majmuasida “Barkamol avlod-2017” saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o'tgan eng sara sportchilar brass, chalqancha, batterflyay, erkin hamda aralash estafeta usullarida suzish bo'yicha o'zaro kuch sinashdilar.

Qizlar o'rtasida 50 metrga batterflyay usulda suzish bahslarida qashqadaryolik Fotima Amilova marra chizig'ini birinchi bo'lib kesib o'tib, oltin medal sohibi bo'ldi. SHu masofaga o'smirlar o'rtasidagi musobaqada andijonlik Zufar Abdulazizov birinchi o'rinni egalladi.

O'smirlar va qizlar o'rtasida 50 metrga chalqancha usulda suzish bahslarida poytaxtlik sportchilar Aleksey Tarasenko va Irina Ushakova shohsupaning yuqori pog'onasidan joy oldi.


100 metrga batterflyay usulda suzishda qizlar o'rtasida qoraqalpog'istonlik Marjina O'razimbetova, o'smirlar bahsida poytaxtlik Artyom Kozlyuk eng yaxshi natija qayd etdi.

Qizlar o'rtasida 200 metrga erkin usulda suzish bahslarida andijonlik SHahnoza Sodiqova, o'smirlar o'rtasida Navoiy viloyati vakili Olimjon Odilov g'olib chiqdi. Qizlar o'rtasida aralash estafeta musobaqasida Qashqadaryo viloyati, o'g'il bolalar o'rtasida Toshkent shahri jamoasi birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.

Suzish bo'yicha musobaqalarning birinchi kuni natijalariga ko'ra, eng ko'p ochko jamg'argan Toshkent shahri jamoasi birinchi, andijonlik yoshlar ikkinchi, kashqadaryolik sportchilar uchunchi o'rinni egallashdi. 


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing