So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

26 may 07:46
Yangiliklar

Boshqalar, Bolalar sporti

"Barkamol avlod-2017". Musobaqalar xalqaro olimpiya talablari asosida bo'lib o'tadi

Teglar :  Barkamol avlod
Jizzax shahrida "Barkamol avlod – 2017” sport musobaqalari final bosqichiga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.


Respublika milliy g'oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi rahbari A.Mavrulov, madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari M.Hojimatov, O'rta maxsus, kasb-hunar talimi markazi direktori M.Xolmuhamedov, Jismoniy tarbiy va sport davlat qo'mitasi raisi o'rinbasari F.Turdiev va boshqalar Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan uch bosqichli – "Umid nihollari”, "Barkamol avlod” va Universiada sport o'yinlari mamlakatimiz terma jamoalariga iqtidorli sportchilarni tarbiyalash, olimpiyachilar zaxirasini mustahkamlash, yosh iqtidor egalarini katta sport sari ilhomlantirishda va jamiyatda sog'lom turmush tarzi qaror topishida muhim ahamiyat kasb etayotganini takidladi.



Takidlandiki, Jizzax shahrida "Barkamol avlod – 2017” sport musobaqalari respublika final bosqichiga qizg'in hozirlik ko'rildi. Amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari natijasida Jizzax shahrining qiyofasi butunlay o'zgarib, qayta chiroy ochdi. Yangi-yangi ijtimoiy obektlar barpo etilib, mavjud sport maydonlari va inshootlari, o'quv yurtlari binolari tamirlandi, ko'cha va xiyobonlar obodonlashtirildi. Xususan, qariyb 14 kilometrlik ichki yo'llarda 12 milliard so'mlikdan ziyod ishlar bajarildi. 1 million 375 ming dona gul ko'chati, 4 ming 815 tup manzarali daraxt ko'chati, 698 ko'p yillik o'simliklar ekildi.

O'rta maxsus, kasb-hunar talimi muassasalari o'quvchilari o'rtasidagi "Barkamol avlod” o'yinlari joriy yil ettinchi marotaba sportning o'n etti  turi bo'yicha tashkil etilmoqda. Qoidaga muvofiq, bahslar xalqaro Olimpiada talablariga qatiy amal qilgan holda o'tkaziladi. Xolislik, halollik, adolat, totuvlik kabi Olimpiada qadriyatlari mazkur tizimdagi sport o'yinlarining ham bosh mezoni hisoblanadi.
 
"Barkamol avlod” sport musobaqalarining saralash bosqichlari ham qizg'in bahslarga boy bo'lgani qay etildi. Futbol, basketbol, voleybol, qo'l to'pi, boks bo'yicha mintaqaviy saralash o'yinlari Qarshi, Samarqand, Namangan, Nukus hamda Termiz shaharlarida o'tkazilgan bo'lsa, qolgan sport turlari bo'yicha ishtirokchilar viloyat bosqichlarida aniqlandi. Finalga yo'llanma olgan yoshlarning aksariyatini sport bilan muntazam shug'ullanib, yuksak marralar sari intilayotgan, bolalar va o'smirlar o'rtasidagi bellashuvlarda tajriba va mahoratini oshirib, katta sportdagi muvaffaqiyatli odimlarini boshlash arafasida turgan iqtidorli o'g'il-qizlar tashkil etadi.



"Barkamol avlod – 2017” musobaqalarining yakuniy bosqichida jami 898 nafar (shundan 328 tasi qizlar) sportchi va 236 nafar murabbiy qatnashadi. Bellashuvlarni 159 nafar hakam boshqarib boradi.

Musobaqalar to'rtta obektda o'tkaziladi. "So'g'diyona” universal sport majmuasida boks, badiiy gimnastika, suzish, engil atletika, Jizzax olimpiya zaxiralari kollejida gandbol, basketbol, badminton, stol tennisi, erkin va yunon-rum kurashlari, dzyudo, taekvondo, og'ir atletika, tennis, Jizzax politexnika institutida voleybol, futbol, Jizzax politexnika instituti qoshidagi akademik licey sport zalida shaxmat sport turlari bo'yicha musobaqalar o'tkaziladi.

Sport bayrami ishtirokchilarining bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun badiiy-musiqiy kechalar, milliy kino va hujjatli filmlar namoyishi,  taniqli shoir, yozuvchi, sanatkor va sportchilar bilan uchrashuvlar, Jizzax shahrining diqqatga sazovor maskanlariga sayohatlar uyushtirish kabi madaniy-marifiy tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan. Musobaqalar davrida viloyatning barcha tuman va shaharlaridagi amfiteatrlar, stadionlar, kollejlar, madaniyat va istirohat bog'larining yozgi sahnalari, bolalar musiqa va sanat maktablarida ham aholi uchun madaniy tadbirlar o'tkazish ko'zda tutilgan.

Iqtidorli sportchilarni tanlash va selekciya ishini tizimli yo'lga qo'yish maqsadida musobaqalar davomida sport federaciyalari rahbarlarining bevosita ishtiroki taminlanadi. Olimpiya o'yinlari, jahon chempionati g'oliblari va sovrindorlarining yosh sportchilar bilan uchrashuvlari hamda "master klass” mashg'ulotlari tashkil etiladi.

Umumjamoa hisobidagi g'oliblarga 3 ta Prezident sovg'asi – "Damas” avtomashinasi, sportning alohida turlari bo'yicha g'oliblarga 193 oltin, 193 kumush, 214  bronza medallari topshiriladi.

Sport musobaqalarini yoritish uchun 150 nafar ommaviy axborot vositalari xodimi ro'yxatga olingan. "Barkamol avlod – 2017” sport musobaqalarining rasmiy veb-sayti www.barkamol-avlod.uz ishga tushirilgan bo'lib, tezkor axborotlar o'zbek, rus va ingliz tillarida uzatilmoqda.

Matbuot anjumanida jurnalistlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi.

 

Foto: Botir Qudratov

T.BEKNAZAROV, Z.JONIBEKOV

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing