So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

22 dek 13:39
Yangiliklar

Boshqalar

“Barkamol avlod-2021”: Prezident sovrini uchun umumiy jadvalda qaysi hududlar etakchi?

Teglar :  Barkamol avlod
Xabaringiz bor, joriy yilning dekabr oyidan boshlab “Barkamol avlod-2021” sport o'yinlarining respublika final bosqichiga start berildi.

Ortda qolgan vaqt davomida “Barkamol avlod-2021” sport o'yinlari dasturidan o'rin olgan 3 ta sport turi bo'yicha musobaqalar bo'lib o'tdi.

Eslatib o'tamiz, akademik licey va professional talim muassasalari o'quvchi-yoshlari o'rtasida o'tkazilayotgan musobaqaning respublika final bosqichi birinchi musobaqasi dzyudo bo'yicha tashkil etilib, unga Nukus shahri mezbonlik qilgan edi.

Ikkinchi musobaqa Jizzax shahrida engil atletika bo'yicha tashkil etildi va uchinchi musobaqa kurash bo'yicha Buxoroda bo'lib o'tdi.

Hammamizga malumki, 12 ta sport turidan o'tkaziluvchi “Barkamol avlod-2021” sport o'yinlarining respublika final bosqichi yakunida 14 ta hududning har bir musobaqa davomida to'plagan ochkolari hisobiga ko'ra umumjamoa hisobida g'oliblikni qo'lga kiritgan hudud aniqlanadi.

O'tkazilgan 3 ta musobaqadan so'ng, yakuniy jadvalni buxorolik sportchilar 41 ochko bilan boshqarib turishibdi. Sababi ular kurash va engil atletika bo'yicha o'tkazilgan musobaqalarda umumjamoa hisobida birinchi o'rinni qo'lga kiritgan edi. SHuningdek, dzyudo bahslarida ham umumjamoa hisobida 4-o'rinni qo'lga kiritgan.

Jadvalning ikkinchi o'rinida 36 ochko bilan Xorazm viloyati vakillari joy olgan. Etiborlisi, ular biror marta ham musobaqani umumjamoa hisobida 1-o'rinda yakunlamagan, lekin xorazmliklar o'tkazilgan 3 ta musobaqada ikkinchi, uchinchi va to'rtinchi o'rinlarni egallaganliklari uchun to'plagan ochkolari salmoqli ko'rinishga ega.

Jadvalning uchinchi o'rinida bir yo'la ikki hudud joylashtirilgan. Qoraqalpog'iston Respublikasi va Samarqand viloyati sportchilari hozircha bir xil 33 ochko jamg'arishgan.

“Barkamol avlod-2021” sport o'yinlarining respublika final bosqichi yakuniga qadar 9 ta sport turi bo'yicha 11 ta musobaqa o'tkaziladi. SHu boisdan ushbu jadvalda hududlar bir necha marta o'zaro o'rin almashishlari mumkin.

Eslatib o'tamiz, final bosqichi yakunida jadvalning yuqori uchligidan o'rin olgan hududlarning sportchi-yoshlariga Prezident sovrini topshiriladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing