So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

11 dek 16:07
Yangiliklar

Boshqalar

“Barkamol avlod-2021” sport musobaqalarining navbatdagi final bosqichi Jizzaxda bo'lib o'tadi

Teglar :  Barkamol avlod-2021
“Barkamol avlod-2021” sport musobaqalarining engil atletika bo'yicha final bosqichi 17 dekabr kuni Jizzaxda start oladi.

Barchamizga malumki, akademik licey va professional talim muassasalari o'quvchi-yoshlari o'rtasida bo'lib o'tayotgan sport festivalida 12 sport turi bo'yicha eng kuchlilar aniqlanmoqda.

Dekabr oyining avvalida Nukus shahri mezbonlik qilgan dastlabki musobaqa dzyudo bo'yicha bo'lib o'tgan edi va unda 250 nafardan ortiq sportchilar bellashishgandi.

Jizzaxda tashkil etiladigan musobaqa esa final bosqichining ikkinchi musobaqasi hisoblanadi. Engil atletika bo'yicha hududiy bosqichda saralab olingan sportchilar 16 dekabr kuni Jizzaxda jam bo'lishadi va 17 dekabrdan musobaqalardagi ishtirokini boshlaydi.

2 kun davomida engil atletikaning bir qator yo'nalishlarida g'olib va sovrindorlar nomiga aniqlik kiritiladi. Musobaqada jami 196 nafar sportchi ishtirok etishi kutilmoqda.

“Barkamol avlod-2021” dasturidan o'rin olgan keyingi sport turi kurash bo'yicha final musobaqalari dekabr oyi yakunida Buxoro viloyatida bo'lib o'tishi belgilangan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing